O‘zbekistonda ikki bola va yana bir kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishMeditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax. Arxivnoe foto
Meditsinskie rabotniki v zashitnix kostumax. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tahlil natijalari Fransiyada sayohatda bo‘lib qaytgan bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatdi.

TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Koronavirusga chalingan bemorning ikki nafar farzandi va yana bir fuqaroda ushbu infeksiya tasdiqlandi, deb xabar qildi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tufayli O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar

Eslatib o‘tamiz, sal oldin Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiyada bo‘lib qaytgan bir nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlanganligi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda hukumat tomonidan epidemiologik surishtiruv hamda kasallikni tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar to‘liq amalga oshirilmoqda, nazorat kuchaytirilmoqda.  

Shu bilan birga, bemor bilan birga muloqotda bo‘lgan barcha oila a’zolarini ham respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi yotqizilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi mutaxassislari tomonidan ularga tibbiy nazorat o‘rnatilib, ixtisoslashgan laborator tahlildan o‘tkazilgan. Tahlil natijalari bemorning o‘g‘li va qizida koronavirus infeksiyasi borligini ko‘rsatgan.

Shuningdek, shu yilning 15-mart kuni Istanbul - Toshkent yo‘nalishidagi reys bilan kelgan O‘zbekiston fuqarosida ham ushbu infeksiya aniqlangan. Laborator tahlil respublika Virusologiya ilmiy tekshirish institutida o‘tkazilgan. 

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0