Koronavirusga qarshi qaysi retseptga ishonsa bo‘ladi - ekspert javobi

© REUTERS/Jose CabezasMeropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa
Meropriyatiya po predotvrasheniyu rasprostraneniya koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik professor ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalayotgan koronavirusga qarshi go‘yoki mo‘’jizakor xususiyatga ega bo‘lgan retseptlar yuzasidan fikr bildirdi

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Koronavirusning oldini olish uchun turli antibiotiklarni ichish tavsiya etilmaydi. Immunitetni ko‘taradigan dorilar virusni o‘ldirmaydi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi sanitariya-epidemiologiya davlat nazorati inspeksiyasi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Nurmat Otabekov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Situatsiya v Gonkonge v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Kimlar koronavirusning yashirin tashuvchisi bo‘lishi mumkin?

"Yuqumli kasalliklarning oldini olish, ya’ni profilaktika uchun antivirus dorilarini va antibiotiklarni ichish umuman tavsiya etilmaydi. Bu kabi dorilarni, qolaversa, immun tizimini ko‘taradigan har-xil dorilarni tavsiya qilish - bu umuman noto‘g‘ri. Immun tizimini ko‘taradigan dorilar virusga qarshi hech qanday ta’sir kuchiga ega emas", - deya tushuntirdi professor.

Otabekov, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda sarimsoqpiyoz borasida tarqalayotgan tavsiyalarga ham o‘z munosabatini bildirdi.

Professor sarimsoqpiyozni iste’mol qilish mumkinligini, lekin bir jihatga e’tibor berish kerakligini eslatib o‘tdi: ya’ni sarimsoqpiyoz bir vaqtning o‘zida antibakterial yoki antivirus preparat emas. Shuni hisobga olgan holda, sarimsoqpiyozni boshqa ko‘katlar bilan aralashtirgan holda iste’mol qilish mumkin, dedi professor.

Otabekov O‘zbekiston aholisini ijtimoiy tarmoqlarda har-xil nomutaxassislar tomonidan berilayotgan tavsiyalarga ishonmaslikka chaqirdi.

Yangiliklar lentasi
0