Kutilmagan epidemiya sabab O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qay tomonga o‘zgardi?

© SputnikSupermarket “Ekobozor” v Tashkente
Supermarket “Ekobozor” v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dunyoning 110 dan ziyod mamlakatida tarqalgan yangi koronavirus bilan bog‘liq holat O‘zbekistonda ham qayd etildi. Aholi o‘rtasida “bozorlar yopilarkan, narx-navo oshib ketibdi” kabi asossiz tarqatilayotgan vahimali ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ishonish holatlari yuz bermoqda.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishi va uning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarga  qaramay, aholi o‘rtasida “bozorlar yopilarkan, narx-navo oshib ketibdi” kabi asossiz tarqatilayotgan vahimali ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ishonish holatlari yuz bermoqda. Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda esa fuqarolarning bozorlarda sarosima bilan oziq-ovqat mahsulotlarini g‘amlab qo‘yayotganliklari mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

 

© SputnikSupermarket “Ekobozor” v Tashkente
Kutilmagan epidemiya sabab O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qay tomonga o‘zgardi? - Sputnik O‘zbekiston
Supermarket “Ekobozor” v Tashkente

Xo‘sh, bozorlardagi savdo-sotiq va narx-navo bilan bog‘liq asl vaziyat qanday?

Bunga amin bo‘lish maqsadida Toshkentdagi yirik “Eski jo‘va dehqon bozori” hamda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” majmuasida bo‘lib, haqiqiy vaziyat bilan tanishildi.

© SputnikRinok "Eski juva" v Tashkente
Kutilmagan epidemiya sabab O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qay tomonga o‘zgardi? - Sputnik O‘zbekiston
Rinok "Eski juva" v Tashkente

Biroq, “Eski Jo‘va dehqon bozori”da ijtimoiy  tarmoqlarda tarqalgan vahima qadar gavjum vaziyat kuzatilmadi. Xaridorlar kayfiyatida ham sarosima yo‘q, hamma bamaylixotir, odatdagidek ehtiyojidan kelib chiqib, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishmoqda.   Bozordagi har 10 ta xaridordan 1-2 tasining tibbiy niqob bilan himoyalanganini ko‘rish mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlari o‘z rastalarida tartib bilan terib qo‘yilgan. Ammo sabzavotlar rastalari bozorning atigi ikki qatorida va yerdagi yoyma qismlarida uchraydi xolos, ularning narxi esa quyidagicha:

Yog‘ mahsuloti 12000 -13 000 so‘m, piyoz 2000-2500-3000-so‘mgacha, kartoshka 3000-3800, 4000 so‘mdan 4500 so‘mgacha, sabzi 1800-2500 so‘mni tashkil etadi.

© SputnikRinok "Eski juva" v Tashkente
Kutilmagan epidemiya sabab O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qay tomonga o‘zgardi? - Sputnik O‘zbekiston
Rinok "Eski juva" v Tashkente

 Ba’zi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi kurashishda sarimsoqpiyozning yaxshi samara berishi haqida ma’lumot berilgandek bo‘ldi. Shu sabab ehtimol, ushbu mahsulotning 1 kg narxi 60000 so‘m, 1 donasi esa  5000-6000 so‘mga chiqqan.  

Oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilib bo‘lgach, xaridorlar, isiriq sotib olishni ham unutayotganlari yo‘q.

O‘ram shaklida sotilayotgan isiriqning bozori chaqqon, 1 ta kichik qopcha isiriqning narxi 5000 so‘m, bir bog‘i esa 7000 so‘mdan sotilmoqda. 

“Eski jo‘va dehqon bozori”da oziq-ovqat mahsulotlarining sun’iy ravishda ko‘tarilmasligi ustidan kim nazorat qilmoqda yoki doimiy narxlarda muvozanatning saqlanishi yuzasidan qanday choralar olib borilmoqda? Ushbu savol bilan bozor ma’muriyatiga murojaat qilindi.

Ismini oshkor etishni istamagan bozor ma’muriyati xodimiga ko‘ra, narx-navoning sun’iy ravishda oshirganlik javobgarlikka tortilishiga asos bo‘lishi yuzasidan ma’muriyat ham, bozordagi barcha sotuvchilar ham birdek xabardor.

Sektor mudirlari bor, narx-navoni nazorat qilib turadigan...  ko‘pchilik kartoshkani o‘zi tashib keladi. Biz bozor nomidan arzon yarmarkalar tashkillashtirdik, xaridorlarning sotib olishga qurbi yetishi uchun.  Imkon darajasida sotuvchilarga kartoshka narxini 2,500 dan sotinglar deya tayinlayapmiz. Masalan, o‘tgan kecha tungi 12:00 da bozordagi barcha sotuvchilarni to‘plab, ularga narx-navo sun’iy oshirilmasin, deya qatiq tayinlandi. Ammo bozorda 3000 dan ziyod sotuvchi bo‘lsa, har kuni ularning boshida turib kuzatishning imkoni yo‘q. Shunga qaramay, haftada ikki uch marotaba departament va soliq xodimlari narx-navo bilan bog‘liq holatni kuzatib turibdi,– deydi ma’muriyat xodimi.

Shuningdek, bozor ma’muriyati xodimiga ko‘ra, ayni kundagi epedemik vaziyatdan kelib chiqqan holda sanitar choralar ko‘rilib, haftada bir marotaba bozorlarga kiraverish yo‘laklar, zinalar dezinfeksiya qilinmoqda.

Kuzatuvni shu qismida  yakunlab, taxminan soat 17:00 larda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Ekobozor” majmuasida yo‘l oldik.

Bozorga kiraverishda chap qo‘ldagi dorixonada ochiqchasiga tibbiy niqob yo‘q deya yozib qo‘yilgan. Sotuvchi qizlar niqoblar tugagani, ertaga yana keltirilishini aytishdi...

© SputnikSupermarket “Ekobozor” v Tashkente
Kutilmagan epidemiya sabab O‘zbekiston bozorlaridagi vaziyat qay tomonga o‘zgardi? - Sputnik O‘zbekiston
Supermarket “Ekobozor” v Tashkente

Shaharning qator dorixonalarida tibbiy niqob tanqisligi holati kuzatilayotganligini inobatga olsak, serqatnov va gavjum, ammo kichik bozor majmuasidagi dorixonada tibbiy niqobning yo‘qligini tushunsa bo‘ladi.

Narx-navo bilan bog‘liq holatga kelsak,  go‘sht, un, makaron, yog‘, shakar va boshqa oziq-ovqat mahsulotlarining narxi o‘zgarmagan, rastalarda tuxumning narxi 650-700-800 va 900 so‘m, kartoshka 3500-4000 so‘m, sabzi 3000-3500 so‘m, guruch 4000-4500 so‘m, pomidor 3000 so‘mdan sotilmoqda.

“Ekobozor” majmuasi rahbari o‘rinbosari Bahodir Karimovning aytishicha, narxlar Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi hamda bozor majmuasi rahbari o‘rinbosari tomonidan nazoratga olingan.

Shuningdek, bozordagi sanitar holatga ham jiddiy e’tibor berilmoqda. Nafaqat xaridorlar, balki sotuvchilar sog‘ligini saqlash maqsadida xodimlar kuniga ikki marotaba bozor ichkarisini dizinfeksiyalash choralarini ko‘rishmoqda.

Bundan tashqari korzinka aravachalari har kuni har soatda spirtli aralashmalar bilan zararsizlantirilib, eshikdan kiraverishdagi gilamlar xlorli eritma bilan artilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0