RFda o‘zbekistonlik talabalar yotoqxonadan chiqarib yuborilayotgani haqidagi xabar rad etildi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishBolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii
Bolshoy etnograficheskiy diktant v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
16 mart kuni ayrim OAVlarda Rossiya OTM yotoqxonalaridan talabalar – O‘zbekiston fuqarolari chiqarib yuborilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya oliy ta’lim muassasalarida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida o‘zbekistonlik talabalar yotoqxonalardan chiqarib yuborilayotgani to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Ushbu mazmundagi xabarlar ba’zi OAVlarda 16-mart kuni paydo bo‘ldi.

“Diplomatik vakolatxona ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Federatsiyasi rasmiy organlari tomonidan mamlakat oliy ta’lim muassasalarida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik talabalarga nisbatan ularning yashashi va/yoki mamlakat hududida bo‘lishini cheklash bo‘yicha qarorlar qabul qilinmagan. Ta’lim muassasalari rektorlariga Rossiya Fan va oliy ta’lim vazirligidan o‘zbekistonlik talabalarni yotoqxonalardan chiqarib yuborishni nazarda tutuvchi tavsiyalar yoki ko‘rsatmalar berilmagan”, - deyilgan xabarda.

Elchixona vatandoshlardan vahimaga berilmasdan xotirjamlikni saqlash, Rossiya Hukumatining COVID-2019 koronavirusi tarqalishining oldini olishga qaratilgan tavsiyalarini bajarish, yashash joylarini tark etmaslik va oliy o‘quv yurtlari rahbariyati belgilab bergan shaklda ta’limni davom ettirishini so‘ragan.

Posolstvo Uzbekistana v Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston elchixonasi Rossiyadagi fuqarolarga murojaat qildi

Shuningdek, 16-mart kuni davlat xavfsizligini ta’minlash, aholi salomatligini muhofaza qilish va koronavirus infeksiyasi tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, Rossiya Hukumati 2020-yil 18-martdan 1-mayga qadar chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning Rossiyaga kirishini vaqtincha cheklash to‘g‘risida qaror qabul qilganini eslatib o‘tgan.

Ushbu cheklovlar Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xodimlari, xalqaro avtomobil transporti vositalari haydovchilari, havo, daryo va dengiz kemalari ekipajlari xodimlari, xalqaro temir yo‘l aloqasining poyezd va lokomotiv brigadalari, rasmiy delegatsiyalar a’zolari va diplomatik, xizmat vizalari, yaqin qarindoshi vafot etganligi tufayli berilgan vizalarga ega shaxslar, Rossiya hududida doimiy yashovchi shaxslar, shuningdek, havo o‘tish punktlari orqali tranzit bilan o‘tadigan shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi.

O‘zbekiston fuqarolariga ushbu qarorni inobatga olishni qat’iy tavsiya qilingan.

O‘zbekiston TIV, elchixonalar va konsullik muassasalarida mamlakatning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz.

Yangiliklar lentasi
0