Iqtisod

Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

© AFP / ATTA KENARENeftyanoy tanker v more
Neftyanoy tanker v more - Sputnik Oʻzbekiston
Saudiya Arabistoni 1 apreldan boshlab neft qazib olish hajmini keskin oshirishi bilan neft tashuvchi tankerlar xizmat haqi 7 baravariga oshib ketdi.

TOSHKENT, 17 mar – Sputnik. Saudiya Arabistoni oʻzi boshlagan neft urushi uchun qimmat narx toʻlashga majbur boʻladi, deb hisoblaydi Bloomberg agentligi tahlilchilari.

OPEKning bir necha kun oldin boʻlib oʻtgan majlisi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi. Saudiya Arabistoni 1 apreldan boshlab neft qazib olish hajmini keskin oshirishni vaʼda bergan edi. Ushbu xabardan soʻng neft narxi eng past koʻrsatgichlarga tushib ketdi, neft tashuvchi tankerlar bozorida defitsit paydo boʻldi va ularning xizmat haqi 7 baravariga oshib ketdi.

Zasedaniye stran-uchastnits soglasheniya o sokraщenii dobыchi nefti OPEK+ - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
SSSRni qulatish strategiyasi Rossiyaga nisbatan qaytarilmoqda - ekspert

Bugungi kunda Yaqin Sharqdan Xitoyga tanker fraxt qilish sutkasiga 243 ming dollarni tashkil qiladi. Supertanker narxi esa 400 ming dollarga yaqinlashadi. Saudiya Arabistonining National Shipping Co. Oʻzining 40 ta tankeriga qoʻshimcha ravishda yana 30ta tanker ijaraga oldi. Ular orasida har biri 2 million barrel neft tashuvchi 8ta super tankerlar ham bor.

Blumberg ekspertlari fikriga koʻra, Saudiya Arabistoni shunday uslubda jahon bozoridan Rossiyani siqib chiqarmoqchi boʻlmoqda. Vaholanki, bunday harakatlar oqibatida eng koʻp zarar koʻradiganlar Saudiyaliklarning oʻzlari va AQShning slanets neft kompaniyalari boʻladi, deb hisoblashadi ekspertlar.   

Bir qator moliya institutlari (Bank of America va Raiffeisenbank) fikriga koʻra, Rossiyada neft qazib olish tannarxi 15-20 dollarni tashkil qiladi va Rossiya jahaon bozorida neft narxi past boʻlsa ham uzoq vaqt ishlay oladi. Ayni Brent markali neft narxi 30-31 dollarni tashkil qilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala