Toshkentda 7 ta yangi transport yo‘nalishi ochiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtomobilnoe dvijenie v Tashkente
Avtomobilnoe dvijenie v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yo‘lagini (BRT) tajriba loyihasi tariqasida amalga oshirish uchun 20 ta zamonaviy elektrobus xarid qilinadi.

TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Toshkent shahar yo‘lovchi transportini tizimini takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risidagi Vazirlar mahkamasi qarori qabul qilindi.

Qarorda belgilanishicha, O‘zbekiston Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligining 2020-yilda poytaxtda 152 ta yo‘lovchi tashish transport yo‘nalishlarini qayta ko‘rib chiqish natijasida 131 tasini maqbullashtirish, 14 tasini yopish hamda 7 ta yangi yo‘nalishlarni ochish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullangan.

2020 1-mayga qadar barcha turdagi shahar yo‘lovchi transportida foydalaniladigan yagona yo‘l chiptasini joriy etish ta’minladi.

V Tashkente nachalos testirovanie kitayskogo elektrobusa Yutong. - Sputnik O‘zbekiston
Poytaxtda yana bir elektrobus sinovdan o‘tmoqda

Toshkent shahar hokimligi va “Toshshahartransport” AJ bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar Toshkent shahrining Farg‘ona yo‘li ko‘chasida tezkor avtobus harakati qatnovini tashkil etish maqsadida maxsus qatnov yo‘lagini (BRT) tajriba loyihasi tariqasida amalga oshirish uchun eng yaxshi takliflarni tanlab olish yo‘li bilan 20 ta zamonaviy elektrobus va quvvatlash uskunalari xarid qilinadi.

Ta’kidlanishicha, 2020-yil 1-sentabrga qadar jamot transportida yo‘nalishni rejalashtiriuvchi “Mening yo‘nalishim” elektron tizimini joriy etiladi.

Shuningdek, yirik avtobus bekatlarida yo‘nalishlar harakati jadvali va avtobusning yetib kelishi vaqtini ko‘rsatib turuvchi elektron-axborot tablolar bilan jihozlanishi ta’minlanadi.

Yangiliklar lentasi
0