Dunyoda

Qirgʻiziston ham chet elliklarning kirishini vaqtincha taqiqlashga qaror qildi

© Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkrыtiye granitsы mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik Oʻzbekiston
Qirgʻiziston hukumati koronavirusning kirib kelishini oldini olish maqsadida chet elliklar uchun chegaralarni yopishga qaror qildi.

TOSHKENT, 17 mar - Sputnik. Qirgʻizistonda koronavirus tahdidi tufayli chet elliklarning mamlakatga kirishiga vaqtincha taqiq joriy etildi. 

Hozirga qadar Qirgʻizistonda Covid-19 koronavirusi bilan kasallanishning tasdiqlangan bitta ham holati mavjud emas.

“Biz chet el fuqarolarining kirib kelishiga vaqtincha taqiq joriy qilmoqdamiz. Bu barcha mamlakatlar fuqarolariga nisbatan qoʻllaniladi. Koʻpgina davlatlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish boʻyicha shunga oʻxshash choralarni koʻrmoqda. Bu taqiq yuk tashishga taʼsir qilmaydi”, -  deya mamlakat bosh vazirining oʻrinbosari Altinay Omurbekovaning soʻzlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Pogranichnыy punkt, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Barcha chet el fuqarolariga Rossiyaga kirish taqiqlanadi

Bosh vazir oʻrinbosari Qirgʻizistondagi chet elliklar mamlakatni xavfsiz tark etishlari mumkinligini aytdi.

“Bizning fuqarolarimiz respublikaga kira oladilar”, - deya qoʻshimcha qildi u.

Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, Qirgʻizistonda koronavirus mavjud emas.

Bundan tashqari, shifokorlar nazorati ostida 500 dan ortiq kishi turmoqda. Taxminiy infektsiya bilan kasallanish holatlariga javob berish boʻyicha respublika shtabi tashkil etildi. Maktab va universitetlarda uch haftalik karantin joriy etildi. Hukumat fuqarolarga koʻplab odamlar yigʻiladigan tadbirlarga bormaslikni tavsiya qildi va chet el safarlarini qoldirishni maslahat berdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda joriy yilning 15 mart kuni koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. 2020 yil 17 mart kuni holatiga kasallanganlar soni 10 kishini tashkil etmoqda. Sogʻliqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infektsiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bemorlar bilan muloqotda boʻlganlarning roʻyxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat oʻrnatildi.

Spetsialistы ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda barcha kuch va vositalar koronavirusga qarshi jalb qilingan 

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. Oʻquv yurtlari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalaridan 3 haftalik taʼtil eʼlon qilindi. Xorijdagi fuqarolarni vatanga qaytarish boʻyicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Oʻzbekiston TIV, elchixonalar va konsullik muassasalarida mamlakatning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzilgan.

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala