Qirg‘iziston ham chet elliklarning kirishini vaqtincha taqiqlashga qaror qildi

© Sputnik / Tabildi Kadirbekov / Mediabankka o‘tishOtkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom
Otkritie granisi mejdu Kirgiziyey i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston hukumati koronavirusning kirib kelishini oldini olish maqsadida chet elliklar uchun chegaralarni yopishga qaror qildi.

TOShKENT, 17 mar - Sputnik. Qirg‘izistonda koronavirus tahdidi tufayli chet elliklarning mamlakatga kirishiga vaqtincha taqiq joriy etildi. 

Hozirga qadar Qirg‘izistonda Covid-19 koronavirusi bilan kasallanishning tasdiqlangan bitta ham holati mavjud emas.

“Biz chet el fuqarolarining kirib kelishiga vaqtincha taqiq joriy qilmoqdamiz. Bu barcha mamlakatlar fuqarolariga nisbatan qo‘llaniladi. Ko‘pgina davlatlar koronavirus tarqalishiga qarshi kurashish bo‘yicha shunga o‘xshash choralarni ko‘rmoqda. Bu taqiq yuk tashishga ta’sir qilmaydi”, -  deya mamlakat bosh vazirining o‘rinbosari Altinay Omurbekovaning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Pogranichniy punkt, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Barcha chet el fuqarolariga Rossiyaga kirish taqiqlanadi

Bosh vazir o‘rinbosari Qirg‘izistondagi chet elliklar mamlakatni xavfsiz tark etishlari mumkinligini aytdi.

“Bizning fuqarolarimiz respublikaga kira oladilar”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, Qirg‘izistonda koronavirus mavjud emas.

Bundan tashqari, shifokorlar nazorati ostida 500 dan ortiq kishi turmoqda. Taxminiy infeksiya bilan kasallanish holatlariga javob berish bo‘yicha respublika shtabi tashkil etildi. Maktab va universitetlarda uch haftalik karantin joriy etildi. Hukumat fuqarolarga ko‘plab odamlar yig‘iladigan tadbirlarga bormaslikni tavsiya qildi va chet el safarlarini qoldirishni maslahat berdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda joriy yilning 15-mart kuni koronavirus bilan kasallanishning birinchi holati qayd etildi. 2020-yil 17-mart kuni holatiga kasallanganlar soni 10 kishini tashkil etmoqda. Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda epidemiologik surishtiruv hamda koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi uchun barcha profilaktik chora-tadbirlar izchil amalga oshirilmoqda. Bemorlar bilan muloqotda bo‘lganlarning ro‘yxati olinib, ularning salomatligi ustidan ham tibbiy nazorat o‘rnatildi.

Spetsialisti ministerstva zdravooxraneniya v aeroportu Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda barcha kuch va vositalar koronavirusga qarshi jalb qilingan 

Hozirda shifokorlar va mutaxassislar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davolash va epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda. O‘quv yurtlari, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalaridan 3 haftalik ta’til e’lon qilindi. Xorijdagi fuqarolarni vatanga qaytarish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O‘zbekiston TIV, elchixonalar va konsullik muassasalarida mamlakatning xorijdagi fuqarolari murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish uchun Operativ shtablar tuzilgan.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Operativ shtabi
Operativ shtab telefonlari: +998 71 233 28 28, +998 97 136 51 51 (mobil)
Call center – 1164
Telegram: +99897 136 51 51
TIV elektron pochtasi: info@mfa.uz.

Yangiliklar lentasi
0