O‘ttiz mingga yaqin talaba Toshkentdan uyiga yuboriladi

© AO "Uzbekiston temir yullari"Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov
Posadka na poyezd bez raspechatki elektronnix biletov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Koronavirus tarqalishining oldini olish  maqsadida 30 mingga yaqin talabalar Toshkentdan o‘z doimiy yashash uylariga yuborilgan.   

TOShKENT, 17 mar — Sputnik.  Joriy yilning 16-mart sanasidan boshlab, Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar uchun ikki  haftalik ta’til e’lon qilingan. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda. 

Epidemiya tarqalishining oldini olish  maqsadida Oliy ta’lim muassasalaridagi 30 mingga yaqin talabalar o‘z doimiy yashash uylariga yuborilgan. Shuningdek, bugun, 17-mart kuni poytaxt oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 25 mingdan ortiq talabalar o‘z uylariga kuzatilmoqda.

Ularning o‘z yashash manzillariga avtobus, poyezd va samolyotlarda qaytishlari uchun imtiyozli chiptalar tashkillashtirilgan bo‘lib, chiptalar o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasalarida sotilmoqda.

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0