Dunyoda

BMW kompaniyasi Yevropadagi barcha zavodlarini yopdi

© REUTERS / Toru HanaiKontsept BMW Z4 na 45-m Tokio Motor shou
Kontsept BMW Z4 na 45-m Tokio Motor shou - Sputnik Oʻzbekiston
BMW koronavirus tarqalishi tufayli bir oy muddatga Yevropa va Janubiy Afrika Respublikasidagi barcha zavodlarini yopdi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Germaniyaning BMW kompaniyasi koronavirus tufayli bir oyga Yevropa va JARdagi barcha zavodlarni yopmoqda. Bu haqda RIA Novosti kompaniyaning bosh direktori Oliver Tsips (Oliver Zipse) bayonotiga asosan xabar qildi.

Bolnitsa v Kommunarke primet patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Italiya Xitoydan koronavirusga qarshi kurashda yordam soʻradi

“Bugundan boshlab biz Yevropadagi avtomobil ishlab chiqarish zavodlarini va Janubiy Afrika Respublikasidagi Rosslyn zavodini yopmoqdamiz”, - dedi Tsipse.

Uning soʻzlariga koʻra, bu ish faoliyatdagi tanaffus 19 aprelgacha choʻziladi.

Taʼkidlanishicha, ushbu zavodlar kompaniya ishlab chiqaradigan mahsulotning yarmiga toʻgʻri keladi.

BMW koronavirusni 2020 yilda uning moliyaviy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatishini taxmin qilmoqda. Kompaniyaning moliya direktori Nikola Piter bu yil soliqdan oldingi foyda 2019 yildagi 7,1 milliard yevro koʻrsatkichiga nisbatan "sezilarli darajada pastroq" boʻlishini aytdi.

"Koronavirus bilan bogʻliq chora-tadbirlar biznesimizga sezilarli taʼsir qiladi", - dedi Piter.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala