Bog‘chalardagi karantin qancha muddatgacha davom etishi aytildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovDetskiy sad
Detskiy sad - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Karantin vaqtida maktabgacha ta’lim muassasalarining xodimlari va pedagogika kollejlari rahbarlarining zimmasiga bir qancha vazifalar yuklatildi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Maktabgacha ta’lim muassasalaridagi karantin choralari joriy yilning 16-mart sanasidan 31-martgacha davom etadi. Bu haqda “Koronavirus info” axborot kanalida xabar qilindi.

Maktabgacha ta’lim vaziri Agrepina Shinning ta’kidlashicha, maktabgacha ta’lim muassasalarining xodimlari 18-martdan boshlab to‘lanadigan mehnat ta’tiliga chiqadi.

Ta’tilning foydalanilmay qolgan qismi esa ularga qulay vaqtda berilishi ta’minlanadi.

Deti v modulnom detskom sadu - Sputnik O‘zbekiston
Bolalar boshlang‘ich ta’limga bepul va majburiy o‘qitiladi

Shuningdek, mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining ushbu buyruqning 3-bandida nomlari keltirilmagan boshqa xodimlari ham 2020-yilning 18-mart kunidan 31-mart kuniga qadar navbatdagi yillik asosiy mehnat ta’tiliga chiqariladi.

Bundan tashqari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari va pedagogika kollejlari rahbarlari zimmasiga bir qancha vazifalar yuklatilmoqda.

Jumladan, tarbiyalanuvchilarning hamshiralar qaramog‘ida bo‘lishi va uning natijasi haqidagi kunlik ma’lumotlar tayyorlanishi, maktabgacha ta’lim bo‘limida koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, ta’til kunlari ota-onalar bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lish talab etiladi.

Qolaversa, tarbiyalanuvchilar va kollej talablarining ahvolidan xabar olib turilib, ta’til kunlarida ularning jamoat joylariga bormasliklari nazoratga olinadi.

Talabalar yoki tarbiyalanuvchilar orasida koronavirus aniqlanganda, bu haqdagi tezkor ma’lumotlar hududiy bo‘linmalarda tashkil etilgan shtablar orqali Maktabgacha ta’lim vazirligi shtabiga yuboriladi.

Yangiliklar lentasi
0