Feyk xabarlar tarqatgan 33 ta “vahimachi” akkauntlar shaxsi aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishXakeri iz Fancy Bears
Xakeri iz Fancy Bears  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu akkauntlarning 25 tasi xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvchilarga, 8 tasi O‘zbekiston fuqarolariga tegishli bo‘lgan.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda  O‘zbekistondagi   haqiqiy vaziyatni soxtalashtirib xabar tarqatgan, aholi o‘rtasida vahima keltirib chiqargan 33 akkaunt aniqlangan.   Bu haqda IIV matbuot kotibi ma’lum qilmoqda. 

Ushbu akkauntlarning 25 tasi xorijiy mamlakatlardagi foydalanuvchilarga, 8 tasi esa O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tegishli bo‘lib, ayni paytda ularning shaxsi aniqlangan. Hozirda ushbu fuqarolar bilan tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.  

Shuningdek, bir oz avval virusga chalinib, karantinda bo‘lganlar shaxslarini oshkor qilgan 2 nafar fuqaro harakatlariga ham huquqiy baho berilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi foydalanuvchilar tomonidan sohta va asossiz ma’lumotlarni tarqatayotgan 13 nafar fuqarolarning 9 nafari bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borilgan, 4 nafarining xatti-harakatlari yuzasidan esa qonunda belgilangan tartibda jazo choralari ko‘riladi.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 mln 900 ming so‘mdan 89 mln 200 ming so‘mgacha jarima yoki 3-yildan 5-yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3-yildan 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Yangiliklar lentasi
0