Kosonda 800 metr gaz quvurini o‘margan “to‘da” ushlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMilitsiya
Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu jinoyatni 37 yoshli A.D. va 53 yoshli Sh.K., lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etishgan, yordamga esa boshqalarni ham jalb etishgan.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Joriy yilning 16-fevral kuni Koson tumanining Tinchlik MFY hududidan o‘tgan, hozirgi kunda harakatdan to‘xtagan  gaz  quvurlari noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘rilab ketilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qilmoqda. 

Uzbekskie militsioneri radom s patrulnoy mashinoy - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda dollar to‘la seyfni o‘margan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, Koson tumanida yashovchi A.A., o‘z boshqaruvidagi yuk avtomashinasida 84 dona quvurlarni Samarqandga  olib ketayotganida ushlangan va umumiy 84.630.000 so‘mlik qiymatda bo‘lgan 806 metr qismlik quvurlar tegishli tartibda hujjatlashtirilib olingan.

Ushbu jinoyatni 37 yoshli A.D. va 53 yoshli Sh.K., lar o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirgan holda sodir etishgan, bunga esa chilangarlik bilan shug‘ullanuvchi 36 yoshli B.N.ni ham jalb qilishgan. Qolganlar, 25 yoshli Ya.M. va uning 9 nafar tanishlari  kesilgan 84 dona gaz quvurlarini yuk avtomashinasiga yuklashgan. Hozirda ularning sodir etgan harakatlariga huquqiy baho berilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Koson tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 169-moddasi 3- qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0