Neft Rossiya gazini pastga tortib ketolmaydi. Sababi quyidagicha

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishTanker "Prospekt Mendeleyeva"
Tanker Prospekt Mendeleyeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Neft bozorida yuz bergan voqealar va koronavirus muammosi gaz mavzusini biroz chetga surib qo‘ydi. Ammo, tabiiyki, neft narxining pasayishi gaz bozoriga ham ta’sir qiladi. Buning qiziq joyi nimada?

Aleksandr Sobko

Eslatib o‘tamiz, ba’zi bozorlarda uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha gaz narxlari (birinchi navbatda Osiyoda suyultirilgan gaz uchun) neft narxlariga bog‘liq. So‘nggi oylarda, bozorda ortiqchaligi tufayli gaz narxi tushib ketgan va neft esa OPEK+ kelishuvlari tufayli qimmatligicha turgan, natijada narx belgilashning ikkala turi orasida katta tafovut yuzaga keldi. Gaz va suyultirilgan gazning birja narxlari bir million BIB (Britaniya issiqlik birligi; har ming kubometr uchun taxminan 105 dollarga teng) uchun uch dollar darajasida (bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda) va neftga biriktirilgan shartnomalarda STG (suyultirilgan tabiiy gaz – tahr.) narxlari esa uch (!) barobar yuqori va bir million BIB uchun to‘qqiz dollarga yetdi. Kulgili holatgacha keldi: Xitoyning suyultirilgan gazni import qiluvchilari koronavirus bo‘yicha fors-major haqida ma’lum qilib uzoq muddatli shartnomalar bo‘yicha suyultirilgan gazni qabul qilishdan bosh tortishdi, ammo shu zahotiyoq ushbu hajmdagi suyultirilgan gazni spot narxlarida sotib olishga rozi bo‘lishdi.

Sobiq ittifoq mamlakatlarida neft, gaz va benzin narxlarining o‘zgarishi nimaga olib keladi

Endi vaziyat tubdan o‘zgardi. Neft narxini ikki baravar pasayganligi holatida narx belgilashning ikki turi o‘rtasidagi farq saqlanib qolmoqda, biroq ancha past ko‘rinishda: qo‘pol baholashda, 4,5 (neftga biriktirilgan) dollar  baho bir million BIB uchun uch (birja) dollarga nisbatan.

Shu bilan birga, neft narxining pasayishiga qaramay, birjadagi gaz kotirovkalari bir million BIB uchun hamon uch dollar darajasida qoldi. Nega bunday? Birinchidan, undan ham pasaytirishga iloj yo‘q. Pessimistlar yozgacha narxlarning yanada pasayishini kutmoqdalar, ammo biz Amerikaning suyultirish zavodlarini to‘xtatishiga yaqin turibmiz, chunki narxlar operatsion xarajatlarni arang qoplamoqda. Bundan tashqari, gaz sohasida talab isitish mavsumiga ko‘proq bog‘liq (bunga epidemiyaga qarshi choralar ta’sir qilmaydi). Albatta, sanoatning ham hissasi bor: fevral oyida Xitoyda gazga talab o‘tgan yilning fevral oyiga nisbatan o‘n foizga kamaydi.

Shunisi qiziqki, "Gazprom" neft narxining o‘zgarishiga minimal darajada sezgir. Fevral boshida e’lon qilingan so‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniyaning Yevropada gaz sotishining atigi 30 foizi neft bilan bog‘liq. Va bundan ko‘p o‘tmay, Bolgariya uchun narxlarni qayta ko‘rib chiqish haqida ma’lum bo‘ldi (ehtimol, ushbu qayta ko‘rib chiqish neftga bog‘liqligdan birja narxlariga o‘tish bilan birga kelgan). Sarhisob qilganimizda: endi neft narxlarining pasayishi "Gazprom"ning tushumlariga minimal darajada ta’sir qiladi deyishimiz mumkin. (Qavslar ichida biz shuni ta’kidlaymizki, kompaniyaga har qanday vaziyatda oson emas: birjada gaz narxi juda past darajada, lekin ular neft narxlari pasayishidan oldin ham shunday bo‘lgan).

Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxi qulashi va muqobil energetika inqirozi kimga kerak?

Aksincha, STG bozorida, ayniqsa eski shartnomalar uchun, neftga bog‘liqlik hali ham juda keng tarqalgan. Shunga ko‘ra, neft narxining pasayishi, STG sotuvchilarining daromadlarini kamaytiradi. Shu bilan birga, spot narxlari va uzoq muddatli kontrakt narxlari o‘rtasidagi farqning pasayishi, ilgari asossiz ravishda yuqori bo‘lgan holda, neftga bog‘liq bo‘lgan STG narxlarini yangidan ko‘rib chiqishni talab qilgan eksport qiluvchilar va import qiluvchilar o‘rtasidagi keskinlikni pasaytiradi.

Eng muhimi: STG bozorining istiqbollari haqida nima deyish mumkin? Yaqinda biz barcha ishtirokchilarga yangi loyihalar bo‘yicha sarmoyaviy qarorlarni qabul qilishni 2025-yilga qadar ortig‘idan ko‘payib ketishini oldini olish uchun keyinga qoldirishni maslahat berdik. Qatar STG-ning yangi zavodlarini qurishni kechiktirmoqda, ammo Mozambik va AQShdagi loyihalar ko‘rib chiqilmoqda. Endi biz bu yil STG-ning yangi loyihalari ishga tushirilmasligini yuqori ehtimollik bilan ayta olamiz. Albatta, joriy talab pasayib ketdi va har kimning ongida faqat koronavirus, lekin qurilish boshlanganidan boshlab ishga tushirish uchun "davr" kamida to‘rt yil bo‘lgan taqdirda, gap shunchaki virusda emas. Shunchaki kompaniyalar endi loyihalarining qoplanishini kafolatlash imkoniyatiga ega emaslar.

Neftanoy tanker v more - Sputnik O‘zbekiston
Saudiya Arabistoniga neft urushi qimmatga tushadi - Bloomberg

Ilgari, hatto gazning birja narxlari past bo‘lgan taqdirda ham, STG loyihalari ikki usul bilan o‘zini qoplanishini kafolatlashi mumkin edi.

Birinchidan, agar oxirgi xaridor neftga bog‘langan narxlarda shartnoma tuzishga rozi bo‘lsa. Ikkinchidan, agar zavoddan STG ishlab chiqarishning butun hajmini (va narx xavflari!) neft va gaz gigantlaridan biri o‘z zimmasiga olgan bo‘lsa va keyinchalik u STG savdogari sifatida ishlasa.

Shubhasiz, endi ikkala imkoniyat ham yopilmoqda. Neftning joriy narxlarida, neftga bog‘langan STG shartnomalari sarmoyani qaytarishni ta’minlamaydi va neft kompaniyalari o‘zlarining asosiy neft sohasida qanday omon qolish haqida o‘ylaydilar. Qimmat neft hisobiga STG bozori xatarlarini subsidiyalash endi mumkin bo‘lmaydi.

Neftanoe mestorojdenie im. V. Filanovskogo - Sputnik O‘zbekiston
Jahon bozorida neft narxi 5%dan ko‘proq oshdi

Shunisi qiziqki, neft kotirovkalari qulashi oldidan AQShdagi eng qiziqarli STG loyihalaridan biri - Tellurian kompaniyasining Driftwood LNG zavodi qurilishi qoldirildi. Bu Donald Trampning fevral oyi oxirida Hindistonga tashrifidan so‘ng sodir bo‘ldi, uning doirasida hindistonlik sheriklar STG sotib olish bo‘yicha ilgari erishilgan dastlabki kelishuvlarni birlashtirishlari kutilgan edi va Driftwood LNG loyihasi investitsiya to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun yetarli bo‘lmagan kafolatli sotuvga ega bo‘ladi. Biroq, Hindiston tomoni STGni import qilish bo‘yicha yakuniy qarorni yana bir bor kechiktirishni tanladi. Natijada, loyihaning amalga oshishiga na bir nechta kichik liniyalardan iboratligi (nazariy jihatdan bosqichma-bosqich qurilish uchun imkoniyat yaratishi mumkin), shuningdek, na suyultirish qurilmalarining rekord darajadagi past narxlari, va na Driftwood LNG -ga Total neft va gaz TMKsining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalari yordam bermadi.

Sobiq ittifoq mamlakatlarida neft, gaz va benzin narxlarining o‘zgarishi nimaga olib keladi

Ba’zi jihatdan STG bozoridagi bunday vaziyat Rossiya uchun yaxshi. Va bu "g‘alabaga oson erishish xomxayoli" yoki yoqimsiz holatni yashirishga urinish ham emas. Albatta, kamchiliklari ham aniq: STG sotishdan tushgan foyda kamayadi chunki "Yamal SPG" bilan tuzilgan shartnomalarning katta qismi neft narxiga bog‘liq. Umuman olganda, xom ashyo bozorlaridagi salbiy hodisalar Rossiya uchun asosiy eksportchi sifatida aniq minus hisoblanadi. Plyuslar nimada?

Bir tomondan, Rossiya yangi zavodlarda o‘z uskunalarini maksimal darajada ishlatishdan manfaatdor, ammo ishlab chiqarishni rivojlantirish va amalga oshirishda biroz kechikmoqda. Shu bilan birga, STG bozoridagi poyga, uning ulushini olishga mantiqiy intilish - bularning barchasi rossiyalik ishtirokchilarini zavodlarni ishga tushirishni kechiktirmaslik uchun xorijiy uskunalardan foydalanishga majbur qildi. Endi esa STG global bozorlaridagi yuzaga kelgan pauza bizga o‘z uskunamiz va texnologiyalarimizning katta qismi bilan yangi siklni boshlashga imkon beradi.

Nefteprovod Drujba v Gomelskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Neft narxlari urushi: G‘arb ekspertlari g‘olibni bashorat qilishdi

Darvoqe, bu yo‘nalishda biz tezlashishni va ijobiy yangiliklarni ko‘rmoqdamiz. Yaqinda Ob STG loyihasi uchun gaz turbinalari va kompressor uskunalariga buyurtma berilganligi ma’lum bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, bu "Novatek"ning yana bir STG-loyihasi bo‘lib, unga ko‘ra investitsion qarori hali qabul qilinmagan bo‘lsa-da, ko‘rib turganimizdek, uskunalar allaqachon buyurtma qilingan. Zavod "Yamal SPG"-ning nisbatan kichik «sinov” to‘rtinchi liniyasida (ishga tushirilishi yil oxirida) sinovdan o‘tkaziladigan Rossiyaning "Arkticheskiy kaskad" texnologiyasidan foydalanadi. Investitsiyalash to‘g‘risidagi qaror qabul qilinmagan, ammo kompaniyalar qurilishga tayyorgarlik ko‘rish uchun allaqachon muayan choralarni ko‘rishgani, bu amaliyot dunyoda ham uchraydi. Bu holda, investitsion qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab ishga tushirishgacha bo‘lgan odatiy 4-5 yildan kam vaqt o‘tadi. Eng optimistik taxminlarga ko‘ra, "Ob STG" 2022-yil oxirida ishga tushishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, ushbu ishlab chiqarish nisbatan kichik (har biri 2,5 million tonna bo‘lgan ikkita liniya) va rus texnologiyasini yana bir marta katta hajmli liniyalarda sinab ko‘rish uchun ishlab chiqilgan, shundan so‘ng uni ishonch bilan keng tarqatsa bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0