O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

© REUTERS / CDCSvetnoe izobrajenie koronavirusa
Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytga kelib, koronavirus infeksiyasi aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi - Sog‘liqni saqlash vazirligi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 18 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev obratilsya k narodu  v svazi s situatsiyey vokrug koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi

Ma’lumot bo‘lishicha, Fransiyada bo‘lib qaytgan fuqaroning onasi, kelini va birga ishlaydigan hamkasbida koronavirus infeksiya borligi tasdiqlangan. Har Uch fuqaro ham shu vaqtgacha tibbiy nazoratda bo‘lgan.

"Ayni paytga kelib, ushbu infeksiya aniqlangan bemorlar soni 18 nafarga yetdi. 

Eslatib o‘tamiz, infeksiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda", - deyilgan xabarda.

O‘zbekistonda uch kun avval 15-mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor qayd etildi.

Respublikaga koronavirus 4ta reys orqali kirib keldi:

Birinchisi, 11-mart kuni "Parij-Toshkent" reysi. Bu reys orqali uchgan shifokor ayol O‘zbekistonda o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nabirasi va qarindoshi va hamkasbiga virus yuqtirdi (9 bemor).

Ikkinchisi, 15-mart kuni soat "Istanbul-Toshkent" yo‘nalishidagi 274- reys (5 bemor).

Uchinchisi, 14-mart kuni "London–Toshkent" yo‘nalishidagi 201-reys (3 bemor). 

To‘rtinchisi, "Dubay–Toshkent" yo‘nalishidagi reys (1 bemor).

Yangiliklar lentasi
0