Tehron Sulaymoniy o‘limi uchun Vashingtonga javob hali nihoyalanmaganini ma’lum qildi

© AFP 2023 / TAUSEEF MUSTAFAProtestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda
Protestuyushie s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3-yanvarya 2020 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ular bizning qarshiligimiz rahbarini o‘ldirib, xalqimizning qarshiligini sindirmoqchi bo‘lishdi, ammo aks holat yuz berdi - qarshilik mustahkamlandi", - deb qo‘shimcha qildi Ruhoniy

TOShKENT, 18 mar – Sputnik. Tehron Vashingtongga islom inqilobi soqchilari korpusining "Quds" maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni - general Qosim Sulaymoniy o‘limi uchun javob qaytardi, ammo javob shu bilan yakunlangani yo‘q, deya bayonot berdi Eron prezidenti Hasan Ruhoniy.

Zdanie Ministerstva inostrannix del RF. Arxivnoe foto. - Sputnik O‘zbekiston
Moskva Vashingtonni zudlik bilan Erondan sanksiyalarni olib tashlashga chaqirmoqda

Uning ushbu bayonoti Iroqdagi Taji bazasining raketalar yordamida o‘qqa tutilishi fonida yangradi. U yerda bir nechta AQSh harbiylari jarohatlangan yoki halok bo‘lgan. Vashington ushbu zarbalar uchun javobgarlikni eronparast shiya uyushmalari zimmasiga yuklamoqda. Eron o‘z nomiga bildirilayotgan ayblovlarning assossizligini aytmoqda.

"Amerikaliklar bizning buyuk generalimizni o‘ldirdi, biz buni javobsiz qoldirmadik va hech qachon qoldirmaymiz ham", - dedi Ruhoniy IRINN telekanali orqali namoyish etilgan chiqishi davomida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh hech qachon Eronning Iroqdagi bazaga bergan raketa zarbasini unutmaydi, "chunki ular ilk marotaba o‘zining johillarcha qilgan xatosiga qat’iy va tezkorlikda javob oldi".

"Ular bizning qarshiligimiz rahbarini o‘ldirib, xalqimizning qarshiligini sindirmoqchi bo‘lishdi, ammo aks holat yuz berdi - qarshilik mustahkamlandi", - deb qo‘shimcha qildi Ruhoniy.

AQSh 3-yanvar kuni Bag‘dodda Sulaymoniyni yo‘q qilish bo‘yicha operatsiya o‘tkazgan edi. Bunga javoban Eron amerika harbiylari joylashgan Iroqdagi baza bo‘ylab raketa zarbalarini amalga oshirdi. Ushbu vaziyatning dastlabki vaqtida AQSh prezidenti Donald Tramp va Pentagon rahbariyati raketa zarbalari oqibatida jabrlanganlar bo‘lmaganini ma’lum qilgan edi. Shundan so‘ng harbiylar jabrlanganlar borligini tan olishga majbur bo‘lgandi. Ularning soni tobora oshib bordi.

Yangiliklar lentasi
0