Toshkentda bayram kuni ayolning ikkita qimmatbaho mashinasini yoqib yuborganlar qo‘lga olindi

© GUVDV Tashkente 8-marta jenshine sojgli yee Mercedes i BMW - foto
V Tashkente 8-marta jenshine sojgli yee Mercedes i BMW - foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Poytaxtda Xalqaro xotin-qizlar kunida 36 yoshli ayolga “ajoyib sovg‘a” tayyorlaganlar aniqlandi. Ular Mercedes-Benz GLS300 va BMW X5 mashinalarini qasddan yoqib yuborishgan edi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Toshkentda Xalqaro xotin-qizlar kunida ayolning Mercedes-Benz GLS300 va BMW X5 mashinalarini qasddan yoqib yuborganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.

“Ko‘rilgan choralar davomida ikkita avtomobillarni qasddan yoqib yuborganlikda gumonlanuvchi 30 yoshli samarqandlik Tursin E. va Toshkent viloyatida yashovchi 26 yoshli Shahzod Sh.lar aniqlanib, qo‘lga olindilar”, - deyilgan xabarda.

Jinoyat kodeksining 173 moddasi ikkinchi qismi “v” bandi bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 8-mart kuni 36 yoshli Kamila I.ga tegishli Mercedes-Benz GLS300” va BMW X5 avtomobillar noma’lum shaxslar tomonidan qasddan yoqib yuborilgani xabar qilingan edi. Moddiy zarar taxminan 225 ming dollar miqdorida baholangan.

Yangiliklar lentasi
0