Jamiyat

Yangi oʻquv yilidan maktablar qogʻoz kundalikdan voz kechadi

© SputnikShkolnыy dnevnik
Shkolnыy dnevnik - Sputnik Oʻzbekiston
Respublika boʻylab “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshirilib, aholi uchun bir qancha qulay — onlayn sharoitlar yaratiladi.

TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil davomida “Raqamli Toshkent” kompleks dasturi amalga oshiriladi. Dastur doirasida koʻplab qogʻozli hujjatlardan voz kechish rejalashtirilgan. bu haqida 17 mart imzolangan 4642-sonli prezident qarorida aytib oʻtilgan. “Huquqiy axborot” kanali maʼlumotiga asosan.

Tsifrovoy Tashkent: prezident obsudil vnedreniye novыx sistem - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
“Raqamli Toshkent:” Mirziyoyev yangi tizimlarni joriy etishni muhokama qildi

Dastur asosida 1 maygacha avia, temir yoʻl va boshqa transport elektron  chiptalarini onlayn sotib olish tizimi joriy etiladi. 1 sentyabrgacha barcha maktablarda jurnal va oʻquvchilarning kundaliklarini qogʻoz shaklida yuritish tartibi bekor qilinib, ular elektron tarzda yuritiladi.

Undan tashqari, 1 noyabrgacha kommunal xizmatlar boʻyicha toʻlovlarni onlayn shaklida toʻlash tizimiga oʻtiladi. Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan esa “Mening uyim” yagona axborot tizimi orqali elektron hamkorlik qilinadi.

“Yagona elektron tibbiy karta” axborot tizimi 1 dekabrgacha joriy etiladi va aynan shu sanagacha “Elektron poliklinika” axborot tizimiga 62 ta oilaviy poliklinika ulanadi.

 

 

 

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala