Jamiyat

Qonunchilik palatasi yigʻilishlari vaqtincha bekor qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa
Prezident Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Senata Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston
Qonunchilik palatasidagi tadbirlar, jumladan, 7 aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan hukumat soati vaqtincha bekor qilindi.Biroq deputatlar qonun loyihalarni telegram kanali orqali onlayn muhokama qilmoqda.

TOSHKENT, 18 mar - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi tadbirlar, jumladan, 7 aprelda oʻtkazilishi rejalashtirilgan hukumat soati vaqtincha bekor qilindi.

Parlament quyi palatasi matbuot xizmati xizmati xabariga koʻra, ushbu qaror koronavirus infektsiyasi profilaktikasi doirasida qabul qilingan.

Qayd etilishicha, qonunchilik palatasida ish toʻxtab qolmagan. Siyosiy partiyalarning parlament quyi palatasidagi fraktsiyalari, qoʻmitalar zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalangan holda mavjud qonun loyihalari ustida ishlayapti. Qonun loyihalaridagi koʻp masalalar telegram kanali orqali onlayn muhokama qilinmoqda. 

Bolnitsa skoroy meditsinskoy pomoщi v Volgograde - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda deputatlar shifokorlarning maoshini oshirishni soʻramoqda

Har bitta fraktsiyadan deputat imzosi bilan Bandlik va mehnat munosabatlari vaziriga deputat soʻrovi joʻnatilmoqda. Ayni paytda quyi palataga kelib tushayotgan koʻplab murojaatlar asosida vazirlikka savollar yoʻllanyapti. Xususan, hozirgi vaqtda koʻp joylarda, yaʼni mehnat faoliyatini olib borayotgan yosh bolasi bor xodimlarga kasallik varaqasi ochilishi tartibi, ularni oʻz hisobidan taʼtilga chiqarib yuborishga yoʻl qoʻymaslik, shuningdek, yosh bolali ayollarning mehnat huquqlarini himoya qilish, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni oʻrganish boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilayotgani kabi masalalar shular jumlasidan.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda yangi COVID-19 koronavirusi bilan kasallanishning yana ikkita holati aniqlandi, ularning soni 15 taga yetdi.

Bemorlarning ahvoli qoniqarli deb baholanmoqda, ular standartlarga muvofiq davolanmoqda.

Oʻzbekiston hukumati koronavirus tarqalish xavfi tufayli 16 martdan boshlab boshqa davlatlar bilan transport aloqalarini toʻxtatishga qaror qildi. Xorijda yashayotgan vatandoshlar va respublikadagi chet el fuqarolari oʻz vatanlariga yetkazilishi uchun charter reyslar tashkil qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala