O‘zbekistonda to‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jarima miqdori belgilandi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovRestoran. Arxivnoe foto
Restoran. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgilangan talablarga rioya etmaslik fuqarolarga 2,23 mln so‘m, to‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslariga 6,69 mln so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekistonda to‘y o‘tkazish tartibini buzganlik uchun jarima miqdori belgilandi.

Prezident imzolagan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi modda bilan to‘ldirildi.

Unga ko‘ra, to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazuvchi shaxs tomonidan mazkur tadbirlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik fuqarolarga BHMning 10 baravari (2 mln 230 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Svadebnoe ukrashenie na mashiyen - Sputnik O‘zbekiston
Ekspertlar: to‘ylar borasida kimo‘zarlik - ma’nan qashshoq odamlarga xos

Shuningdek, to‘yxonalar, kafe va restoranlarning mansabdor shaxsi tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazish tartibiga doir talablarga rioya etmaslik BHMning 30 baravari (6 mln 690 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

To‘yxona, kafe va restoranlar egasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 1-yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 50 baravari (11 mln 150 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Mazkur tartib Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0