Jamiyat

Bosh prokuratura “Oltinsoy janjali” yuzasidan bayonot berdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana
Zdaniye Generalnoy prokuraturы Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oltinsoy tumanida davlat idoralari va mahalliy aholi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar aks etgan videolavhadagi holatlar yuzasidan mazkur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan Oltinsoy tumanida davlat idoralari va mahalliy aholi oʻrtasidagi kelishmovchiliklar aks etgan videolavhadagi holatlar yuzasidan mazkur tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv oʻtkazildi, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Militsiya - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oltinsoydagi mojaro tafsilotlari ochiqlandi

Aniqlanishicha, tumandagi fermer xoʻjaliklariga tegishli 6,4 gektar sugʻoriladigan yer maydoni talon-toroj qilinib, shundan 1,4 gektari fermer xoʻjaliklariga qaytarilgan boʻlsa, 5 gektarni qaytarish uchun taʼsirchan choralar koʻrilmaganligi sababli, bu ekin maydonlari fuqarolar tomonidan uzoq muddatdan beri egallab olinib, turli maqsadlarda foydalanib kelganligi oqibatida 436,9 mln. soʻm davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilgan.

Xususan, Oltinsoy tumani “Xalqobod” mahallasi hududida joylashgan “Oq oltin manzarasi” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan sugʻoriladigan paxta va gʻallaga moʻljallangan yer maydonidan shu mahallada yashovchi fuqarolar B.Muxammadiyev, D.Muxammadiyev, F.Nurov, S.Muxammadiyev, M.Sattarova va A.Safarovlar tomonidan jami 0.39 gektari noqonuniy ravishda oʻzboshimchalik bilan egallab olinib, uy-joy qurilgan.

Mazkur yer maydonlarini qaytarish maqsadida joriy yilning 14 fevral kuni soat 15-00 larda ishchi guruhi aʼzolari “Xalqobod” mahallasiga borganida yuqoridagi fuqarolar va ularning yaqinlari qoʻllarida boʻlgan tayoq, belkurak, tosh va boshqa narsalar bilan ishchi guruhi oldiga chiqib, hokimiyat vakillari va tuman IIB xodimlari tomonidan tushuntirilishiga qaramasdan fuqarolar ularga qarshilik koʻrsatishgan.

Natijada, 3 nafar IIB xodimi “yengil” tan jarohati olgan.

Mazkur holatlarda mansabdor shaxslar tomonidan oʻz vazifalariga loqaydlik yoki vijdonsizlarcha munosabatda boʻlishi oqibatida sugʻoriladigan yer maydonlari talon-toroj qilingan hamda Oltinsoy tuman IIB xodimilariga tan jarohati yetkazilgan.

Shunga koʻra, mansabga sovuqqonlik bilan qarash va qasddan badanga yengil shikast yetkazish jinoyatlari alomatlari mavjudligi hamda dastlabki tergov harakatlari oʻtkazish lozimligini inobatga olib, holat yuzasidan Oltinsoy tuman prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 207-moddasi 1-qismi va 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0