Dunyoda

Istanbul-Toshkent reysi bilan kelgan tojikistonliklar qidirilmoqda

© Sputnik / Igor LekarkinMilitseyskaya mashina
Militseyskaya mashina - Sputnik Oʻzbekiston
15 mart kuni Istanbul - Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlangan edi. 4 nafar tojikistonlik u bilan muloqot qilgan boʻlishi mumkinligi sabab qidirilmoqda.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Tojikistonda Istanbuldan Toshkentda uchib kelgan mamlakat fuqarolari qidirilmoqda. Ular ushbu samolyotda kelgan va keyinchalik koronavirus infektsiyasi aniqlangan oʻzbekistonlik bilan muloqot qilgan boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.

Voditel skoroy meditsinskoy pomoщi vozle bolnitsы dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi aniqlangan bemorlar soni 23 nafarga yetdi

Sputnik Tojikiston nashri xabariga koʻra, bu haqda Tojikiston bosh prokurori Yusuf Rahmon respublika parlamentining yuqori palatasi majlisida maʼlum qilgan.

Bosh prokurorning soʻzlariga koʻra, 15 mart kuni 10 nafar Tojikiston fuqarosi Istanbul-Toshkent reysi bilan kelgan. Ulardan 6 nafarining shaxsi aniqlangan va karantinga olingan.

Hozirda qolgan 4 nafar fuqaroni qidirish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, shu yilning 15 mart kuni Istanbul - Toshkent yoʻnalishidagi reys bilan kelgan Oʻzbekiston fuqarosida koronavirus infektsiyasi aniqlangan edi. Hozirda Oʻzbekistonda yangi koronavirusni yuqtirib olganlar soni 23 taga yetgan. Mamlakatda infektsiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida turli choralar koʻrilmoqda. Bunga barcha vositalar jalb qilingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala