Koronavirus pandemiyasi: virusni yuqtirganlar 220 mingga yaqinlashdi

Obuna bo‘lish
Markaziy Osiyoda holat quyidagicha: koronavirusga chalinganlar soni Qirg‘izistonda 6 nafarga yetdi. O‘zbekistonda 15 nafarni, Qozog‘istonda 37 nafarni tashkil qilmoqda. 

TOShKENT, 19 mar - Sputnik. 19 mart tonggiga qadar dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 219 561 nafarga yetdi. Shundan 7882 nafari (sutkasiga +744 kishi) vafot etgan, sog‘ayganlar 81102 (+2898) kishini tashkil qilmoqda.

Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda yana uch kishida koronavirus aniqlandi

Rossiyada 147 ta koronavirusni yuqtirganlik holati qayd etilgan.

Markaziy Osiyoda holat quyidagicha: Qirg‘izistonda koronavirusga chalinganlar soni 6 nafarga yetdi. O‘zbekistonda 15 nafarni tashkil qilmoqda. 

Qozog‘istonda shu bugunga qadar koronavirusni yuqtirganlik bo‘yicha 37 ta holat qayd etilgan. 

Tojikistonda bironta holat qayd etilmagan. Ammo mamlakat tashqi ishlar vazirligi 16ta mamlakat (XXR, Eron, Italiya, Koreya, Afg‘oniston, Fransiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Niderlandlar, Germaniya, Belgiya, Daniya va AQSh) ro‘yxatini e’lon qilgan, ushbu davlatlardan Tojikistonga kirib kelgan tojikistonliklar va chet el fuqarolari ikki haftalik karantinga olinadi.

Yangiliklar lentasi
0