Nurmat Otabekov: Koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida bo‘lmagan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya na Gange
Alleya na Gange - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fransiya, London, Dubay va Turkiyadan kelgan bemorlar ilk kunlardanoq karantinga olingan. Shu bois bu kasallik keng aholi qatlamiga tarqalgan deya o‘ylashga asos yo‘q.

TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekovning O‘zAga ma’lum qilishicha, koronavirus aniqlangan bemorlar aholi orasida bo‘lmagan, ular ilk kunlardanoq karantinga olingan.    

– 2020-yil 19-mart ertalab 9:00 holatiga ko‘ra, koronavirus bilan ro‘yxatga olinganlar soni O‘zbekiston Respublikasida 23 nafarga yetdi. Albatta bu raqam kechagiga nisbatan bir muncha farq qilgani uchun odamlarni o‘ylantirishi mumkin. Lekin bir jihatni aytib o‘tish kerak: bu fuqarolar Fransiya, London, Dubay va Turkiyadan kelgan bemorlarimiz atrofidagilarni tekshirish natijasida aniqlangan. Ularning barchasi dastlabki kunlardan boshlab alohidalangan va tibbiy kuzatuv ostiga olingan. Shuning uchun bu keng aholi qatlamiga tarqalgan degan xavotirga asos yo‘q. Bu doim epidemiyaga qarshi tadbirlar qatorida amalga oshiriladigan bir tizim. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev obratilsya k narodu  v svazi s situatsiyey vokrug koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha xalqqa murojaat qildi

Kuni kecha Prezidentimiz xalqimizga murojaat qildi. Bunday kunlarda birov manfaat ko‘rishi, yolg‘on ma’lumotlarni tarqatishi kerak emas. Eng asosiysi hamma sohada jipslashgan holda epidemik barqaror muhitga erishishimiz kerak, degan fikrlarni aytdi.

Bunday tadbirlar hukumatimiz, sog‘liqni saqlash tizimi va barcha tashkilotlar tomonidan nazoratga olingan. Jiddiy muammo va xavotirga o‘rin yo‘q, – deydi Nurmat Otabekov.

Uning ma’lum qilishicha, bugunga qadar 9 100 dan ko‘proq odam nazorat ostiga olingan. 6 000 dan ko‘proq insonlarga salomatligi kafolatlangani uchun uyiga ruxsat berilgan. Hozirgi kunda 2 300 fuqaro karantin muddatini o‘tamoqda. Davlat chegaralari yopilib, temir yo‘l, avtomobil transportlari harakati chegaralangan. Ayni damda xorijiy mamlakatlardagi o‘zbekistonliklarni olib kelish tadbirlari davom etmoqda.

Shuningdek, mamlakatga uyushgan holda kelgan o‘zbekistonliklar uchun alohida statsionar sharoitda, yakka tartibda kelganlar uchun uy sharoitida karantin tadbirlari tatbiq etilmoqda.  

—   Ushbu kasallik uchun tashxis qo‘yish imkoniyati bo‘lgan diagnostikumlar, himoya va dezinfeksiya vositalari, hatto shifo o‘rinlari zaxirasi yaratilgan. Biz hech qanday qiyinchiliksiz bu muammoni yechishga qodirmiz, – deydi Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov.

Yangiliklar lentasi
0