Dunyoda

Rossiya neftining narxi toʻxtovsiz pasaymoqda

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishNeftyanыe stanki-kachalki
Neftyanыe stanki-kachalki - Sputnik Oʻzbekiston
Shimoliy-Gʻarbiy Yevropaga yetkazib beriladigan Rossiya Urals neftining narxi bir barrel uchun 18,64 dollargacha tushib ketdi.

TOSHKENT, 19 mar — Sputnik. Shimoliy-Gʻarbiy Yevropaga yetkazib beriladigan Rossiyaning Urals neftining narxi bir barrel uchun 18,64 dollargacha tushib ketdi, deb xabar qildi Argus Media. RIA Novosti xabariga asosan.

Iqtisod
Bloomberg Rossiyaning neft urushidagi asosiy kuzirini aytdi

“Aprel oyi uchun shartnoma narxlarini keskin pasaytirish toʻgʻrisida Saudi Aramco qarori fonida Urals narxi toʻxtovsiz pasayib bormoqda", - deb yozadi Argus Media.

Taʼkidlanishicha, bu 2002 yil boshidan buyon boʻlgan eng minimal narxlar.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, aprel oyining boshlarida Boltiq portlaridan neft yetkazib berish mart oyiga nisbatan 25 foizga koʻpaygani haqida xabarlar narx pasayishiga taʼsir qildi.

Kuni kecha jahon neft narxlari 17-18 yillar eng past koʻrsatkichi kuzatildi. Masalan, Brent  markasi may fyucherslari narxi 13 foizdan koʻproqqa tushib, bir barreli uchun 24,88 dollargacha, WTI bochkasi esa deyarli 23 foizga - 21 dollarga tushdi.

Dunyoda koronavirus pandemiyasi tufayli yil boshida neftga boʻlgan talab pasaydi, bu narxlarni keskin pasayishiga olib keldi. Mart oyida OPEK+ shartnomasi barbod boʻlgani sababli neft bozorida qulash yuz berdi.

Stanok-kachalka - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda neft va gaz qazib olish kamaydi

2017 yil boshidan beri OPEK va unga aʼzo boʻlmagan davlatlarning yoqilgʻi ishlab chiqarishni qisqartirish toʻgʻrisidagi shartnomasi amal qilgandi. Bir necha bor uzaytirildi, shartlar oʻzgarildi. Xususan, 2019 yil oxiriga qadar kelishuv ishlab chiqarishni 2018 yil oktyabr oyidagi darajadan kuniga 1,2 million barrelga, 2020 yilning birinchi choragida esa 1,7 million barrelga kamaytirishni koʻzda tutilgan edi.

Shu oʻrinda Saudiya Arabistoni qazib olishni yanada qisqartirishni talab qildi, Rossiya esa mavjud shartlarni saqlab turishni taklif qildi. Natijada, tomonlar kelisha olmadilar va 1 apreldan boshlab bitim taraflari hech qanday majburiyatlarga ega boʻlmaydi.

Shundan soʻng, Saudiya Arabistoni qazib olishni koʻpaytirish, narxlarni pasaytirish va yevropalik xaridorlarga katta miqdordagi taklif qildi. Bu jahon bozoridagi neft narxlarining pasayishiga olib keldi. Yil boshidan beri narxlar ikki baravar tushdi.

OAV yozishicha, OPEK+ kelishuvi buzilganidan keyin baʼzi davlatlar neft bozorida "narx urushi"ni boshladilar. Jumladan, Reyter agentligi Saudiya Arabistoni oʻzining asosiy bozorlaridan Rossiyaning Urals markali neftini siqib chiqarishga urinishlarni kuchaytirgani, buning oʻrniga oʻz narxini arzonroq narxda sotayotganini maʼlum qildi. Xususan, Frantsiya Total kompaniyasi bilan bunday muzokaralar olib borilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala