Migratsiya

Migrantlar Rossiyadan tashqariga chiqmasdan yangi patent olishi mumkin – TIV bayonoti

2020 yil 19 martdan boshlab xorijiy fuqarolar Rossiyada vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirishlari mumkin.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Oʻzbekistonning Moskva shahridagi Elchixonasi bergan maʼlumotga koʻra, 2020 yil 19 mart kuni Rossiya Ichki ishlar vazirligi xorijiy fuqarolarning Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha boʻlish muddatlarini uzaytirish tartibiga izoh berdi, deb xabar qildi TIV matbuot xizmati.

Katalka dlya perevozki bolnыx - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada koronavirusdan birinchi oʻlim holati qayd etildi

2020 yil 19 martdan boshlab xorijiy fuqarolar Rossiyada vaqtincha boʻlish muddatini uzaytirishlari mumkin. Buning uchun ular ariza bilan Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy organiga murojaat qilishlari kerak.

Rossiyaga vizani talab qilmaydigan tarzda kelgan chet el fuqarolari mamlakat hududida boʻlish muddatini uzaytirishlari mumkin, xatto mazkur muddat tugagan boʻlsa ham.

Chet el ishchilarini jalb qilish va ulardan foydalanish uchun beriladigan ruxsatnomalarga va  Rossiya hududida boʻlib turgan chet el fuqarolariga ishlash huquqini beradigan ruxsatnomalar uchun ariza qabul qilish amaliyoti yoʻlga qoʻyiladi.

Taʼkidlanishicha, mehnat muhojirlari yangi patent olish uchun Rossiya Federatsiyasidan tashqariga chiqmasdan va tegishli arizalarni berish muddatini buzganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilmasdan murojaat qilishlari mumkin.

Denejnыe kupyurы: yevro i dollarы - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Rossiyada dollar kursi yana koʻtarildi

Hujjatning toʻliq matni bilan havolada tanishish mumkin.

Elchixona Rossiyada hududida boʻlish muddatida tugaydigan oʻzbekistonliklarga imkon qadar tezroq Rossiya ichki ishlar vazirligining eng yaqin hududiy organiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlarini qatʼiy tavsiya qiladi.

Oʻzbekistonliklar zarur holatlarda  Oʻzbekistonning Moskva  shahridagi va Rossiyaning hududlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkinligini eslatib oʻtamiz (manzillar va telefon raqamlar quyidagi havolada joylashtirilgan).

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader