Kuryer v Moskve. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya

Oʻzbekiston elchixonasi Moskva aeroportlarida qolib ketgan fuqarolarga murojaat qildi

© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RFGrajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvы
Grajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlaridagi vaziyat haqida bayonot berdi.

TOSHKENT, 20 mar — Sputnik. Moskva shahridagi Oʻzbekiston elchixonasi “Vnukovo” va “Sheremetevo” aeroportlaridagi vaziyat haqida bayonot berdi.

Ayni paytda Moskva shahrining “Vnukovo” va “Sheremetyevo” xalqaro aeroportlarida ikki mamlakat oʻrtasida havo, avtomobil va temir yoʻl aloqasi toʻxtatilishi tufayli Oʻzbekistonga parvoz qila olmagan Oʻzbekiston fuqarolari mavjud.

Elchixona tomonidan “Vnukovo” aeroporti rahbariyati bilan oʻtkazilgan muzokaralar natijasida oʻzbekistonliklarning vaqtincha qolishi uchun “B” terminali ajratildi.

© Posolstvo respubliki Uzbekistan v RFGrajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvы
Oʻzbekiston elchixonasi Moskva aeroportlarida qolib ketgan fuqarolarga murojaat qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Grajdane Respubliki Uzbekistan v aeroportax g. Moskvы

Bu yerda zarur sharoitlar yaratilgan boʻlib, jumladan, tibbiyot punkti, hammom va hojatxonalar mavjud, issiq ovqat berilishi yoʻlga qoʻyilgan, mebellar (kreslo, divanlar, stol va stullar) oʻrnatilgan.

Xabarda aytilishicha, kator suhbatlarga qaramay, fuqarolar maxsus belgilangan hududga borishdan bosh tortib, hali hamon “Vnukovo” aeroportida roʻyxatdan oʻtish nuqtasida qolmoqdalar.

“Shu oʻrinda yurtdoshlarimizdan, mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda, iloji boricha tezroq “V” terminalga oʻtishlarini soʻrab qolar edik.

Elchixona “Sheremetyevo” aeroportidagi vaziyatni ham nazorat ostiga olgan hamda hozirda Rossiya hukumati bilan boshqa davlatlardan Moskvaga tranzit orqali uchib kelgan fuqarolarimizni olib chiqish boʻyicha muzokaralarni olib boramoqda. Oʻzbek diasporasi vakillari va homiylar bilan birgalikda oʻzbekistonliklarni issiq ovqat bilan taʼminlash masalasi ham hal etilmoqda.

Yana bir bor Rossiya hududidagi oʻzbekistonliklarni xotirjamlikka chorlab, imkon qadar, ehtiyot choralariga qatʼiy rioya qilgan holda doimiy/vaqtinchalik yashash joyini tark yetmasliklarini soʻrab qolamiz.

Eslatib oʻtamizki, 2020 yil 19 martdan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari Rossiya Federatsiyasi hududida  vaqtinchalik boʻlish muddatini uzaytirishlari mumkin. Buning uchun ular oʻzlari boʻlgan joyga eng yaqin Ichki ishlar vazirligi hududiy boʻlimiga tegishli ariza bilan murojaat qilishlari joizdir”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0