TOSHKENT, 20 mar - Sputnik. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, koronavirus infektsiyasiga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan yaqinlaridan 9 nafarida koronavirus infektsiyasi aniqlangan.
Shuningdek, xorijdan kelgan yana bir nafar fuqaroda ham ushbu infektsiya borligi tasdiqlangan. Ayni paytga kelib, koronavirus infektsiya aniqlangan bemorlar soni 33 nafarga yetdi.
Eslatib oʻtamiz, infektsiya tarqalib ketishining oldini olish maqsadida olib borilayotgan epidemiologik surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.