Siyosat

Nishonovning yordamchisi: Lavrov diplomatlikni qanday boshlagan?

© Sputnik / Alexander Shcherbak / Fotobankka oʻtishMinistr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov na segmente vыsokogo urovnya 43-y sessii Soveta OON po pravam cheloveka.
Ministr inostrannыx del Rossii Sergey Lavrov na segmente vыsokogo urovnya 43-y sessii Soveta OON po pravam cheloveka. - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun Rossiya TIV rahbari 70 yillik yubileyini nishonlamoqda. Lavrov oʻz diplomatik faoliyatini Sovet Ittifoqining Shri-Lankadagi elchisi - oʻzbekistonlik siyosatchi Rafiq Nishonov yordamchisi sifatida boshlagan.

TOSHKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov SSSRning Shri-Lankadagi elchixonasida diplomat sifatida karyerasi qanday boshlangani haqida gapirdi va oʻsha paytdagi eng esda qolarli voqeani yodga oldi.

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Sizlarni kim tarbiyalagan? Sergey Lavrovni eng mashhur iboralari

Lavrov MGIMOni 1972 yilda tamomlagan. U ingliz, frantsuz va singal (Shri-Lankadagi ikkita rasmiy tildan biri) tillarini biladi. 1972 yildan 1976 yilga qadar Kolombodagi sovet elchixonasida faoliyat yuritgan.

"Albatta, xotiralarimda eski bino (elchixona binosi. - tahr.) muhrlanib qolgan, chunki men u yerda toʻrt yilni oʻtkazganman. Men Sovet Ittifoqi elchisi Rafiq Nishonovich Nishonovning yordamchisi edim. Allohdan u kishiga salomatlik soʻrayman. Biz MGIMO bitiruvchilari va keksa yoshdagi oʻrtoqlar - birinchi kotib va maslahatchilardan iborat jamoani shakllantira oldik. Futbol, voleybol oʻynardik", - dedi Lavrov "Rossiya 1" telekanalidagi "Vesti v subbotu" koʻrsatuvida bergan intervyusida.

Jumladan, Lavrovning soʻzlariga koʻra, dipmissiya xodimlari har shanba va yakshanba elchixona qoshidagi klubda toʻplangan va turli sport oʻyinlarini oʻynab, shuningdek, birgalikda kino koʻrganlar.

"Shunday anʼana bor edi. Zamonaviy sharoitlarda elchixonalarda umumiy kinofilmlar tomoshasi kamdan-kam tashkil etiladi. Chunki har bir kishi buni oʻz tanlovidan kelib chiqqan holda uyida amalga oshirishi mumkin", - deb qoʻshimcha qildi TIV rahbari. Lavrov elchixonada "hozirgacha televideniya orqali namoyish etiladigan yaxshi sovet filmlarini tomosha qilishgani"ni aytdi. Filmlar SSSRdan yuborilgan.

Vizit glavы MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Abdulaziz Kamilov Sergey Lavrovni 70 yoshga toʻlgani bilan tabrikladi

Lavrovning aytishicha, Shri-Lankadagi faoliyati davomida roʻy bergan eng yorqin xotiralardan biri, shaxsiy ish kabinetida ilonga duch kelgani boʻlgan.

"Eski binodagi kabinetimga kichkina qora ilon sudralib kiribdi. Konditsionerlar devorga oʻyib joylangan boʻlib, kichikroq tuynuk qolgan va oʻsha orqali ilon kabinetimga kirgan. Lekin biz uni darhol neytralladik. Soʻngra barcha kabinetlarni aylanib, mavjud tuynuklarni yopib chiqdik", - dedi u.

Bundan tashqari, vazir, mamlakat boʻylab sayohat ham xotirasida yaxshi muhrlanib qolganligini qoʻshimcha qildi. Lavrovning aytishicha, orolda qiziqarli joylar juda koʻp.

"Shri-Lanka qiziq tarixga ega. Barchaga koʻhna poytaxt - Kandini ziyorat qilishni tavsiya etaman", - deya maslahat berdi Lavrov.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala