Samarqand viloyatida karantinga olingan erkak qochib ketdi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishVoditel skoroy meditsinskoy pomoщi vozle bolnitsы dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus
Voditel skoroy meditsinskoy pomoщi vozle bolnitsы dlya patsiyentov s podozreniyem na koronavirus - Sputnik Oʻzbekiston
Epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi

TOSHKENT, 21 mar - Sputnik. Toshkent viloyati IIBB Parkent tumani IIB xodimlari tomonidan Samarqand viloyatida karantinda boʻlib turib, belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay qochgan shaxs ushlandi.

Koronavius karantini - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Oʻzbekistonda karantin haqida nimalarni bilish kerak

Tafsilotlarga koʻra, joriy yilning 19 mart kuni Rossiya Federatsiyasining Samara shahridan Oʻzbekistonga kirib kelgan poyezd yoʻlovchilari, epidemik vaziyatdan kelib chiqib, oʻrnatilgan tartibda, Samarqand viloyatiga tashkil etilgan karantin markazlariga joylashtirilgan.

Ammo, Parkent tumanida yashovchi 1954 yilda tugʻilgan fuqaro T. E. belgilangan tartib qoidalarga amal qilmay karantindan qochgan.

Hozirda ushbu shaxs oʻz uyida ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida izolyatsiyaga olingan. Shuningdek, fuqaroga  nisbatan Oʻzbekiston Jinoyat Kodeksining 257-1-moddasi  (sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Batafsil maʼlumot beriladi.

Mamlakatimizda infektsiyasining keng tarqalishiga yoʻl qoʻymaslik maqsadida karantin eʼlon qilingan. Mazkur vaziyatda davlat idoralarining asosiy vazifalaridan biri aholi oʻrtasida sarosimaga yoʻl qoʻymaslik va qisqa muddat ichida mazkur infektsiyaning tarqalishiga qarshi kurashishdir. Shu bilan birga, aholi tinchligi va jamoat tartibini saqlagan holda jinoyatchilikning oldini olishdan iborat.

Eslatib oʻtamiz, epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortiladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala