Jamiyat

Xorazmda Xalqaro fizika-matematika maktab-internati tashkil etildi

© Sputnik / Vadim ShekunMatematicheskiye formulы
Matematicheskiye formulы - Sputnik Oʻzbekiston
Maktabda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar bilan birga chet tillari chuqur oʻrgatiladi.

TOSHKENT, 22 mar — Sputnik. Joriy yilning 19 mart kuni 171 sonli Hukumat qarori bilan Xorazmda “Al-Xorazmiy” nomli Xalqaro fizika-matematika maktab-internati tashkil etildi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Maktab Xorazm viloyati, Shovot tumani, Komiljon Otaniyozov koʻchasi, 65-uy manzilida joylashgan 1-son ixtisoslashtirilgan davlat maktab-internati negizida tashkil etildi.

Qarorga muvofiq, xalqaro maktabda zamonaviy axborot texnologiyalaridan keng foydalangan holda aniq va tabiiy fanlar, shuningdek, chet tillari chuqur oʻqitiladi.

2020-2021 oʻquv yilidan boshlab, xalqaro maktabning 7-sinfiga 60 nafar oʻquvchi qabul qilinadi.

Xorij fuqarosi boʻlgan iqtidorli  oʻquvchilar esa shartnoma asosida taʼlim olib, maktabda xorijiy mamlakatlarning oʻquv dasturlari tatbiq etiladi, xorijiy mamlakatlardan oʻqituvchilar ishga qabul qilinadi.

Xalqaro maktab barcha zarur jihozlar bilan taʼminlanib, oʻquvchilar uchun 20 oʻrinli turar joy binosi quriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala