Sirdaryoda savdo-logistika terminali tashkil etiladi

© Sputnik / Yevgeniy Karasev / Mediabankka o‘tishVoditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske.
Voditel furi na tamojennom postu v Chernyaxovske. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shuningdek, mazkur savdo-logistika terminalida davlat va tijorat xizmatlari, shu jumladan xalqaro logistika xizmatlari ko‘rsatiladi.

TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida savdo-logistika terminali tashkil etiladi. Hukumatning tegishli qarori 19-mart kuni qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, savdo-logistika terminalini qurish uchun “Sirdaryo savdo logistika markazi” unitar korxonasiga Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi “Farovon” MFY hududida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasi, istisno tariqasida, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ajratiladi.

Loyihani amalga oshirish doirasida 2020-2024 yillarda – 25 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritiladi, kamida 200 ta yangi ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Davlat bojxona qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi va “O‘zdavkarantin” inspeksiyasi bo‘limlari terminal hududida bepul joylashtiriladi.

Savdo-logistika terminalida bojxona, ekspress-laboratoriya, fitosanitariya, veterinariya, sanitariya-epidimologiya, ekologik nazorat o‘tkazish va muvofiqlikni baholash hamda boshqa davlat xizmatlari “yagona darcha” tamoyili asosida ko‘rsatiladi.

Yangiliklar lentasi
0