Virus olamni o‘zgartira oladimi?

© AP Photo / Thanassis StavrakisGrecheskiy xudojnik S.F. risuyet graffiti na temu koronavirusa v Afinax
Grecheskiy xudojnik S.F. risuyet graffiti na temu koronavirusa v Afinax - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Albatta, odamlar unchalar sodda emas, bir kunmas bir kun uning kelishini sezishardi, lekin mana shunday, to‘satdan, har bir xonadonning eshigi tagiga kelib qolishini hech kim xayoliga ham keltirmagan.

Yaqinginada o‘zbekistonliklar koronavirus haqida qaylardadir, olis yurtlardagi, begona, uzoq narsaday gapirayotgandi. Birdan virus hammaning deyarli uyiga bo‘ylaganday bo‘ldi – ostonada paydo bo‘lib qoldi. Albatta, odamlar unchalar sodda emas, bir kunmas bir kun uning kelishini sezishardi, lekin mana shunday, to‘satdan, har bir xonadonning eshigi tagiga kelib qolishini hech kim xayoliga ham keltirmagan.

Janri - Sputnik O‘zbekiston
Turizm sektori pandemiyadan so‘ng qachon tiklanadi - ekspert fikri

O‘zbekiston, butun dunyodagi kabi, koronavirus sababli misli ko‘rilmagan choralarni ko‘llashga majbur bo‘lmoqda: to‘ylar to‘xtatildi  (bu yerda to‘ylar to‘xtatilganini hech kim eslolmaydi); restoran, choyxonalar, oshxonalar ishlamayapti (uyga eltib berish xizmatidan tashqari); barcha turdagi ta’lim muassasalarining faoliyati vaqtincha ta’tilda; diniy muassasalar dindorlarni qabul qilmayapti.

Jamoa bo‘lib yashashni yoqtiradigan millat uchun bu choralar qanchalar og‘ir bo‘lmasin, hozirgi sharoitda shunchalar zarur.

Koronavirus odamlarning sabrini, intizomini, sadoqatini sinamoqda.

Tan olish kerak, insonlar anchayin erkinlikka, haq-huquqlarining ustunligiga, ularni hech kim buzishga haqli emasligiga o‘rganib qolgan ekan. Inson huquqlarining ustuvor qadriyat sanalishi, kishilarni bir qadar egoistga aylantirib qo‘yarkan.

G‘arb falsafasi va psixologiyasi orqali kirib kelgan yangicha dunyoqarash – individualizm hali fuqaro ongiga to‘liq o‘rnashib olishga, hayot tarziga aylanishga ulgurmagan bo‘lsa-da, cheklovlarni amalga oshirish jarayonida bu holat jamiyatda muqim o‘rnasha boshlaganini ko‘rsatdi.

Prezident Belorussii Aleksandr Lukashenko  - Sputnik O‘zbekiston
Lukashenko koronavirus, aroq va Jirinovskiy haqida latifa aytib, kuldirdi

Fuqaro "mening huquqim muqaddas ekan, o‘zim ham muqaddasman, istaklarim ham muqaddas", degan tushunchaga ko‘nikib, o‘rganib borayotgan edi. Birdan uni, chet eldan kelishi bilan, olib, sanatoriyaga eltib qo‘yishdi, uylaridan chiqmaslikni tayinlashdi. Ayrimlar o‘z huquqini bunchalar cheklanishini esdan ham chiqarib ulgurgan ekan, chamasi, ijtimoiy tarmoqlarda bir-ikki noroziliklar haqida gap-so‘zlar bo‘ldi.

Xavf butun millat, balki insoniyatga tahdid qilayotganda egoistik qarashlar, yakka shaxsning shu paytgacha qadrlangan huquqlari cheklanishi odatiy holligini ayrimlar tushunmayapti, chamasi.

Albatta, Yevropadagichalik emas. Bu yerda jamoat kayfiyati hali ham yuqori, inson nafaqat o‘zi, balki atrofidagilari uchun ham mas’ul va javobgarligini to‘liq unutib ulgurishmagan. Shundan cheklovlarni, hatto, xayrixohlik  bilan qabul qilishmoqda.

Bozorlarda dastlabki kunlarda yuzaga kelgan vahima ham sekin-asta o‘z holiga tushdi, hatto, oshxonalar, choyxonalar restoranlarning yopilishi, to‘ylar cheklanishi munosabati bilan ayrim oziq-ovqatlarning arzonlashishi ham ko‘zga tashlanmoqda.

Bu "hammasi zo‘r, virus hayotimizni izga solishda qo‘l kelyapti", degani emas. Kulfat odamlarni birlashtirmoqda, xolos. Jismonan emas, albatta. Ruhan!

Svetnoe izobrajenie koronavirusa - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyalik olimlar koronavirusning to‘liq genomini rasshifrovka qilishdi

Hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lga masala: imkon qadar hamma bir biridan jismonan uzoqlashish va imkon qadar ruhan birlashish!

Koronavirus ko‘rsatdiki, kurrai zamin biz o‘ylaganchalik ulkan emas; o‘zimiz o‘ylaganchalik, hech kim chekkada va yolg‘iz qolib ketmagan ham ekan. Hammamiz, kim qayda bo‘lishidan qat’iy nazar, ko‘rinmaydigan, sezilmaydigan zanjirning halqalari ekanmiz.

Yaxshi kunlarda bu rishtani ilg‘amay qo‘yganmiz, chamasi.

Bundan keyin odamlarning dunyoga, yer kurrasiga va o‘ziga munosabati o‘zgarsa kerak – hammamiz, hech kim portiga qabul qilishni istamayotgan bitta kemada ketayotgan ekanmiz, o‘zimiz bexabar.

Yangiliklar lentasi
0