To‘yga borib, birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan ayolda koronavirus aniqlandi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishKoronavirus
Koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
56 yoshli ayol 10 kun oldin Toshkentda o‘tkazilgan to‘yga borib, Parijdan kelgan birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan va tekshiruv natijalari uning koronavirusga chalinganligini ko‘rsatgan.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Joriy yilning 22-mart kuni Respublika virusologiya ilmiy tekshiruv institutiga tekshiruvdan o‘tish uchun kelgan ayolda koronavirus mavjudligi aniqlangan. Bu haqda Respublika Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lum qilmoqda. 

1964 yilda tug‘ilgan M.T. 10 kun oldin Toshkentda o‘tkazilgan to‘yga borib, Parijdan kelgan birinchi bemor bilan muloqotda bo‘lgan va tekshiruv natijalari uning koronavirusga chalinganligini ko‘rsatgan.

Probirka s koronavirusom 2019-nCoV - Sputnik O‘zbekiston
Yana bir xorijdan qaytgan o‘zbekistonlikda koronavirus aniqlandi

Ayol tekshiruv uchun topshirgan qon tahlili natijasini kutmagan va Qibray tumani Rohatbaxsh ko‘chasidagi xonadonga kelib, fuqarolar bilan muloqotda bo‘lgan.

Bu bilan u inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan qoidalarni buzgan.

Ayol muloqotda bo‘lgan shaxslarning yashash xonadonlari Qibray tumani karantin guruhi tomonidan dezinfeksiya qilingan.

Tahlil natijalari M.T.da koronavirus (Covid-19) alomatlari borligini ko‘rsatgach, u tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan 22-mart kuni fuqaro M.T.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (Epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) bilan ma’muriy huquqbuzarlikka oid ish qo‘zg‘atilgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan holatlar soni 46 taga yetgan.

Yangiliklar lentasi
0