Chempionlar koronavirusga qarshi: sportchilar o‘zbekistonliklarga murojaat qilishdi – video

Obuna bo‘lish
Koronavirusga qarshi kurashish va uning oldini olishga qaratilgan tadbirlar vaqtida bir qator taniqli o‘zbekistonlik sportchilar O‘zbekiston aholisiga murojaat qildi.

Barcha belgilangan qoida va cheklovlarga tartibli ravishda amal qilinsagina, tegishli tashkilotlar talablari qat’iy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan ushbu virusga qarshi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kurashish samara beradi.

Taniqli o‘zbekistonlik sportchilar O‘zbekiston aholisini shunga chaqirdi. Ular orasida yaqindagina “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan bir necha karra Olimpiada chempioni Oksana Chusovitina, futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov hamda aralash jang san’ati (MMA) bo‘yicha O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarayotgan Mahmud Murodov ham bor.

“O‘z vaqtingizni uyda, yaqinlaringiz orasida o‘tkazishga harakat qiling. Agar ma’lum bir sababga ko‘ra, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun ko‘chaga chiqsangiz, tibbiy himoya niqobini taqib olishni unutmang. Oila a’zolaringiz va yaqinlaringizni asrang. Biz birgalikda ushbu kasallikni yengamiz, muhimi birga bo‘lsak bas”, – deydi Murodov o‘z murojaatida.

Odil Ahmedova ham vatandoshlardan vahimaga berilmaslik so‘rab, gigiyena qoidalariga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi.

Yangiliklar lentasi
0