Onlayn konsert va yostiqlar jangi: san’atkorlar karantinni qanday o‘tkazmoqda?

Obuna bo‘lish
Odatda muxlislar diqqat markazida bo‘ladigan san’atkorlar bugun karantinda nima bilan mashg‘ul? Bu haqda Sputnik reportajini o‘qing

TOShKENT, 23 mar - Sputnik. Koronavirus hammaning hayotini o‘zgartirib yubordi, ammo hech kim unga taslim bo‘lmoqchi emas. Jamoatchilik to‘planadigan joylar yopiq, deb e’lon qilingani bilan, o‘zbek san’atkorlari ishsiz o‘tirmagani ma’lum bo‘ldi: kimdir repetitsiya qilib, muxlislar uchun onlayn konsertlar qo‘yayotgan bo‘lsa, kimdir bekorchilikda yostiqlar jangini o‘tkazmoqda. 

DJ Piligrimdan yangi tarona premyerasi

— Ayni damda uyda, ijod bilan bandman. "Man daydi" nomli yangi yozilgan qo‘shig‘imning premyerasini ham jonli efirda o‘tkazmoqchiman. Umuman, karantinda sanitariya-gigiyenik qoidalariga e’tibor berib, o‘zimning odatiy hayotimda yashayapman. Deyarli ko‘chaga chiqmayapman, toza havoda tabiat qo‘ynida sayr qilib kelyapman, xolos. Muxlislarga esa vahimaga berilmasdan hotirjam bo‘lishni, vaqtlarini xursandchilik bilan o‘tkazishlarini maslahat beraman.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot DJ Piligrim (official) (@djpiligrim)

Munisa Rizayeva oila davrasida

— Xizmatlar bo‘lsa, chiqib turibman. Qolgan paytda uyda, oilam davrasida vaqt o‘tkazapman. Baribir oila davrasida bo‘lishga nima yetsin? Keyin albatta, antiseptik vositalardan foydalanib, qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvib turibmiz. Bo‘sh paytlarda esa singlim bilan yostiq jangi o‘ynayapmiz(kuladi).

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Munisa Rizaeva (Singer) (@munisarizaeva)

Rayhon yangi qo‘shiqlar ustida ishlayapti

— Ko‘pchilik biladi, yaqinda yakkaxon konsert dasturimni taqdim etdim. Shu bois, bugun hech qayerga chiqmasdan, uyda bolalarim bilan birga hordiq chiqarayapman. Bo‘sh vaqtimda ijod bilan shug‘ullanib, yangi qo‘shiqlar g‘oyasi bilan tanishib turibman. Hammaga bir gapni takrorlayapman, muxlislarga ham shuni aytmoqchi edim: ortiqcha havotirga berilmasdan, sabr qilib, o‘zlarini ehtiyot qilib yurishlarini... Hammasi o‘tib ketadi, hammasi yaxshi bo‘ladi.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Rayxon Ganiyeva (@rayhonganieva)

Ozoda Nursaidova sport bilan mashg‘ul

— Uyda ijod bilan shug‘ullanyapman. Ko‘proq vaqtim tadbir, to‘y va teledasturlarda o‘tayotganligi bois, oila davrasida kamroq bo‘layotgandim. Mana endi imkoniyat bo‘ldi, uyda o‘tirib, hamma bajarilmay qolgan ishlarimni bitirib, o‘z ustimda ishlayapman. Vazn to‘plamaslik uchun uyda sport bilan shug‘ullanyapman. Muxlislarga esa qo‘rqmasliklarini, immunitetlarini ko‘tarib, shamollab qolmaslikka harakat qilishlarini tavsiya qilaman.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot O Z O D A (@ozodaofficial)

Shoxjahon Jo‘rayev niqob taqishni maslahat beradi

— Karantin vaqtida yangi qo‘shiqlar ustida izlanyapman. Qolaversa, oilam bilan bandman. Xizmat bo‘lib qolsa chiqib turibman, asosan uyda vaqtimni o‘tkazapman.  Shu bois karantin ijodimga xalaqit qilmayapti. Muxlislarni esa Navro‘z ayyomi bilan tabriklab, ularga hotirjamlikni saqlashni maslahat beraman. Xudo xohlasa, bu virusni yengamiz. Har bir o‘zini hurmat qilgan inson kabi, men ham sanitariya va gigiyenik qoidalarga rioya qilyapman, kerak paytda tibbiy niqobni taqib yuribman.

© Shoxjahon Jo‘rayev / InstagramShoxjahon Jo‘rayev
Onlayn konsert va yostiqlar jangi: san’atkorlar karantinni qanday o‘tkazmoqda? - Sputnik O‘zbekiston
Shoxjahon Jo‘rayev

Xonanda Shahzoda esa ayni karantin davrida farzandlari bilan dala hovlida bo‘lganligi bois, u bilan aloqa o‘rnatishning iloji bo‘lmadi. 

Yulduz Usmonova:  — Mana dunyoda tarqalgan illatdan bizga ham yetib kelibdi. Hammamizdan iltimos qilingan uyda o‘tiringlar deb, mana o‘tiribmiz.  Uyda o‘tirsak, bu kasallik o‘n besh kunda tugaydi, qutulamiz.

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot 𝗬𝗨𝗟𝗗𝗨𝗭 𝗨𝗦𝗠𝗢𝗡𝗢𝗩𝗔 (@yulduzusmonovamusic)

Zohirshoh Jo‘rayev: ko‘chaga chiqmang!

— Hozirgi kunda ko‘proq vaqtni oila davrasida o‘tkazib, ijod bilan bandman. Ko‘chaga zarur ish bo‘lmasa, deyarli chiqmayapman. Muxlislarga ham shuni tavsiya qilaman. Aytmoqchimanki, har doim, ayniqsa shu kunlarda bir-birimizga mehribon bo‘laylik, har xil axborot xurujlari, vahimali xabarlarga e’tibor bermaylik.

© Zohirshoh Jo‘rayev / InstagramZohirshoh Jo‘rayev
Onlayn konsert va yostiqlar jangi: san’atkorlar karantinni qanday o‘tkazmoqda? - Sputnik O‘zbekiston
Zohirshoh Jo‘rayev

Zulayho Boyxonova: televizor ko‘ring, sizlar uchun ijod qilyapmiz

— Shu paytgacha ortga surilib kelayotgan, amalga oshirishga ulgurmagan ishlarga mana shu kunlarda e’tibor beringlar, televizorlarni yoqing, TVda sizlar uchun har kuni konsertlar berapmiz. Kayfiyatingiz hamisha a’lo bo‘lsin!

Posmotret etu publikatsiyu v Instagram

Publikatsiya ot Zulayho Boyxonova (@zulayhoboyxonova)

Yangiliklar lentasi
0