Shunday qaltis vaziyatda to‘y o‘tkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir – Safoyev

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovSadik Safayev
Sadik Safayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 23-martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar singari ommaviy tadbirlarni o‘tkazilish taqiqlanadi.

TOShKENT, 23 mar — Sputnik. Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev hozirgi vaziyatda to‘y o‘tkazishni jinoyat deb hisoblaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubdagi  COVID-19ga qarshi butun dunyoda olib borilayotgan kurash tahliliga bag‘ishlangan sessiyada ma’lum qildi.

“Shunday qaltis vaziyatda to‘ylarni o‘tkazish bu qahramonlik emas, balki jinoyatdir. Hozir soxta qaxramonlik qiladigan vaqt emas”, - dedi Safoyev.

Uning ta’kidlashicha, hozir sodir bo‘layotgan voqealar ortda qoladi va fuqarolarning doimiy hayoti qaytib keladi.

Safoyevning fikriga ko‘ra, urushlar va shu singari epidemiyalar insonlarning eng yaxshi va eng jirkanch fazilatlarini namoyon qiladi. Tekshirish, kuzatish, izolyatsiya va to‘g‘ri xabar berish, ushbu muammodan chiqishi uchun juda muhimdir.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 23-martdan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi bekor qilindi. Ushbu marosimlarni zarur bo‘lgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida o‘tkazish tavsiya etiladi.

Yangiliklar lentasi
0