Jamiyat

Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi

© REUTERS / StringerRыnok Abu-Saxiy v Tashkente
Rыnok Abu-Saxiy v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston
24 martdan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi.

TOSHKENT, 23 mar — Sputnik. Toshkent viloyatidagi barcha buyum bozorlari yopiladi. Bu haqda viloyat matbuot xizmati xabar qildi.

Supermarket “Ekobozor” v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Poytaxtda bozorlar va dorixonalar faoliyati toʻxtatilmaydi – hokimlik

“Ertadan boshlab Toshkent viloyati hududida joylashgan va nooziq-ovqat mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanadigan barcha bozorlarning faoliyati toʻxtatiladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, korxona va tashkilotlar tomonidan oʻz ishchi-xodimlari uchun tibbiy-gigiyenik vositalar jamgʻarilishi, hududda sanitar-tozalash, dezinfektsiya ishlarini amalga oshirilishi majburiy hisoblanadi.

Shahar va tuman hokimliklari tomonidan uy sharoitida karantinda saqlanayotgan fuqarolarni zarur oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash chora-tadbirlari koʻriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala