Almatov: koronavirusga chalingan besh nafar bemorda kasallik belgilari yo‘qolgan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBaxrom Almatov
Baxrom Almatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatovning ma’lum qilishicha, kasallik belgilari yo‘qolgan besh fuqaroga tez orada javob beriladi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov O‘zbekistonda koronavirus aniqlanganlardan ba’zilariga tez orada javob berilishini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, bemorlar orasida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilganlari ham bor.

“Ushbu kasallika chalingan besh nafar bemorda kasallik belgilari yo‘qolgan, o‘zlarini yaxshi his etmoqda. Yana besh kun izolyatsiyada saqlab, keyin uylariga javob beramiz”, - dedi Almatov onlayn brifing davomida.

Bahrom Almatovning so‘zlariga ko‘ra, kasallangan bemorlar orasida chet elda bo‘lib qaytmagan, chet elda bo‘lib qaytgan shaxslar bilan muloqotda bo‘lmagan holatda virusni yuqtirib olgan shaxs ham bor.

Infeksiya 20 yoshli qizda  aniqlangan. U xorijga chiqmagan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lmagan.

“Bemorning oilasidagilarni ham tekshiruvdan o‘tkazdik, ular sog‘lom. Bu holat hammamizni hushorlikka chaqiradi”, - dedi u.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi aniqlanganlar soni 49 nafarga yetgan. Ularga barcha zaruriy tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mamlakatda kasallik tarqalishining oldini olishga qaratilgan turli choralar ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0