COVID-19: prokuratura xodimlari ish haqlarining bir qismini yangi fondga o‘tkazib berdilar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etildi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Bosh prokuratura, Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti va Majburiy ijro burosi xodimlari ixtiyoriy ravishda o‘z ish haqlarining bir qismini COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondiga beg‘araz o‘tkazib berdilar, deb xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati. 

Devushka v zashitnix perchatkax v Tegerane  - Sputnik O‘zbekiston
COVID-19 bemorlari bilan muloqot qilgan kishilar smartfon geolokatsiyasi yordamida aniqlanadi

O‘zbekiston prezidentining 2020-yil 19-martdagi “Koronovirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi.

"Mazkur farmonga asosan hozirgi sharoitda iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarining uzluksiz ishlashini ta’minlash, aholini samarali ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning daromadlari keskin pasayib ketishining oldini olish maqsadida 10 trln. so‘m mablag‘ning yo‘naltirilgani tarixiy ahamiyatga molikdir", - deyilgan xabarda.

Tadbirkorlar uchun budjetga to‘lanadigan soliq va ajratmalar miqdori keskin kamaytirildi, ba’zi yig‘imlarni hisoblash va to‘lash ma’lum muddatga to‘xtatildi.

Xo‘jalik yurituvchi subyektlar uchun belgilangan bir qator soliqlar bo‘yicha penyalar hisoblash to‘xtatilib, soliq qarzini majburiy undirish choralari ko‘rilmaydigan bo‘ldi.

2021 yilning 1-yanvariga qadar tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini soliq auditidan o‘tkazish ham to‘xtatib qo‘yildi.

Sanitarnaya obrabotka mashin v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusni yuqtirish xavfi: kasallar bilan muloqotda bo‘lganlar tushunchasi qanday

Jismoniy shaxslar uchun mol-mulk va yer solig‘i to‘lash muddati uzaytirildi, ularning xayriya tashkilotlaridan oladigan daromadlari soliqdan ozod qilindi.

Koronovirus sababli karantinga joylashtirilgan ota-onalar, shuningdek ularning 14 yoshgacha bo‘lgan bolasini parvarish qilayotgan shaxslarga nafaqa to‘lash belgilandi. Bunday shaxslar bilan mehnat shartnomalarini ish beruvchining tashabbusi bilan bekor qilish taqiqilandi.

Infeksiyaga qarshi kurashga jalb qilingan shaxslarni ham har tomonlama rag‘batlantirishning samarali choralari belgilandi. COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda fuqarolarni ruhan qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekiston Mehr-shafqat va salomatlik” jamoat fondi tashkil etildi.

Yangiliklar lentasi
0