Koronavirusga qarshi eng samarali sovun qaysi - shifokor izohi

Obuna bo‘lish
Lapaning maslahatiga ko‘ra, qo‘llar sovunlab yuvilgach, tarkibida vitamin F bo‘lgan himoyalovchi kremni surkash lozim.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. Virusli infeksiyalarga qarshi eng yaxshi kurashuvchi sovun - bu bolalar sovuni va 72%li xo‘jalik sovunidir, dedi "Moskva 24" telekanali efirida terapevt-shifokor Lyudmila Lapa.

Sanitarnaya obrabotka v zdanii - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirus tarqalishi nihoyatda tezlashdi - BSST bayonoti

Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, aynan shu turdagi sovunlarda virus va bakteriyalarni samarali yuvib tashlaydigan komponentlar mavjud. Shu bilan bir vaqtda, qo‘llarni 20 soniyadan kam bo‘lmagan vaqt davomida sovunlash lozim, deya eslatadi tibbiyot xodimi.

Lapaning maslahatiga ko‘ra, qo‘llar sovunlab yuvilgach, tarkibida vitamin F bo‘lgan himoyalovchi kremni surkash lozim.

"Bunda virus krem qatlamining ustiga qo‘nadi, so‘ngra uni yuvib tashlash oson bo‘ladi", - deydi shifokor.

Mikrobiolog Yevgeniy Plisov esa bolalar sovuni ta’sirchan teriga ega odamlarga mosligini aytadi.

Usilenie sanitarnogo kontrolya v aeroportu Vnukovo v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston
Koronavirusdan nima himoya qilishi mumkin? – shifokorlar tavsiyasi

O‘z navbatida, vrach-immunolog Vladislav Jemchugov, bakteritsid qo‘shimchalarsiz sovundan foydalangan taqdirda ham, koronavirusning yog‘li sirtqi qatlami yo‘q qilinishini qo‘shimcha qiladi. Shu bois, oddiy yoki antibakterial sovundan foydalanish prinsipial ahamiyat kasb etmaydi, deya tushuntiradi mutaxassis.

Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 11-mart kuni Xitoydan butun dunyoga tarqalib ketgan yangi koronavirus epidemiyasini pandemiya, deb e’lon qildi. JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus sal keyin infeksiya o‘chog‘i epimarkazi XXRdan Yevropaga ko‘chganini aytdi. Oxirgi haftalarda Italiya, Eron, Janubiy Koreya, Fransiya, Ispaniya va Germaniyada xavfli holatlar kuzatilmoqda.

Jons Xopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, COVID-19ga chalinish holatlari 160dan ziyod mamlakatlarda aniqlangan, virus bilan 341 mingdan ziyod odamlar bemorlangan, ularning 14 765 nafari halok bo‘lgan, 99 ming nafarga yaqini tuzalgan. O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 nafar, deb e’lon qilingan.

Yangiliklar lentasi
0