Jamiyat

Putin koronavirus bemorlari uchun maxsus qurilgan kasalxonaga keldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke
Prezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke - Sputnik Oʻzbekiston
Putin Moskva viloyatida koronavirusni davolash uchun maxsus qurilayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonasini borib koʻrdi.

TOSHKENT, 24 mar - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva viloyati Kommunarka posyolkasida joylashgan yuqumli kasalliklar uchun maxsus qurilayotgan yangi kasalxonaga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov. 

Bundan oldin Rossiya preziyednti Novo-Ogaryovodagi rezidentsiyasida koronavirusga qarshi kurashga bagʻishlangan yigʻilsh oʻtkazgan edi. Unda Moskva meri Sergey Sobyanin bosh vazir oʻrinbosari Tatyana Golikova hamda sogʻliqni saqlash vaziri Mixail Murashkolar ishtirok etgan edi. 

Putin yigʻilishda bugunni kunda koronavirusga qarshi koʻrilayotgan choralar haqidagi hisobotlarni tinglagan va shundan soʻng yangi qurilayotgan shifoxonani borib koʻrishga qaror qilgan.

Yangi qurilayotgan yuqumli kasalliklar shifoxonasi Moskvadan 50 km masofada joylashgan boʻlib, 500 ta oʻringa ega. Shundan 250tasi reanimatsion uskunalar va sunʼiy nafas olish tizimi bilan jihozlangan. Shifoxona juda qisqa muddat ichida qurib bitkazilmoqda. Bu yerga COVID-19 bilan kasallanganlarni olib kelish boshlangan. 

Eslatib oʻtamiz, ayni damda Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 495 kishiga yetgan. Shundan 300dan ortigʻi Moskvada qayd etilgan.

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke
Putin koronavirus bemorlari uchun maxsus qurilgan kasalxonaga keldi  - Sputnik Oʻzbekiston
Prezident RF V. Putin posetil bolnitsu v Kommunarke

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala