Jamiyat

Qozogʻistonda yoshlar toʻyni onlayn oʻtkazdi

© PixabayMolodojenы, arxivnoye foto
Molodojenы, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Nur-Sulton shahridagi karantin ikki yoshning oila qurishiga xalaqit qildi. Biroq yoshlar toʻyni onlayn oʻtkazishga qaror qilishdi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Nur-Sulton shahridagi karantin ikki yoshning oila qurishiga xalaqit qildi. Azamat va Asel 22 mart kuni turmush qurishlari kerak edi.

Bazmni bekor qilishga toʻgʻri keldi, biroq shariat boʻyicha nikohdan oʻtishdi. Imomni taklif qilib, uyda yaqinlarining tor doirasida oila qurishdi.

© Almaty.tvV Kazaxstane nachali provodit onlayn-svadbы
Qozogʻistonda yoshlar toʻyni onlayn oʻtkazdi - Sputnik Oʻzbekiston
V Kazaxstane nachali provodit onlayn-svadbы

Kelinning ota-onasi Aris shahrida yashaydi. Toʻy paytida yosh kelin-kuyov ular va boshqa qarindoshlari bilan videoqoʻngʻiroq orqali aloqada boʻlishdi.

Shuningdek, samimiy qutlovlarni ijtimoiy tarmoqdagi guruhda chat orqali qabul qilishdi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 23 martdan toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, maʼraka va marosimlar singari ommaviy tadbirlar oʻtkazilishi bekor qilindi. Ushbu marosimlarni zarur boʻlgan taqdirdagina ixcham holda, yaqinlar bilan birga 10-15 kishi ishtirokida oʻtkazish tavsiya etiladi. Kuni kecha Senat raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev “shunday qaltis vaziyatda toʻy oʻtkazish qahramonlik emas, balki jinoyatdir” degan fikrni bildirgan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala