Jamiyat

Oʻzbekistonda karantin vaqtida qarzdor isteʼmolchilar elektr tokidan uzilmaydi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat davrida xalqqa yengillik yaratish maqsadida qarzdor isteʼmolchilar tarmoqdan uzilmaydi.

TOSHKENT, 24 mar — Sputnik. Oʻzbekistondagi barcha viloyatlarda elektr energiyasidan qarzdor isteʼmolchilar tarmoqdan uzilmaydi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot xizmati xabar qildi.

“Xususan, bugun yuzaga kelgan epidemiologik vaziyat, yaʼni karantin davrida xalqimizga yengillik yaratish maqsadida elektr energiyasidan qarzdor isteʼmolchilar (jismoniy) tarmoqdan vaqtincha ajratilmasligi belgilandi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishchia, bunday saʼy-harakatlar, albatta, isteʼmolchilarimizni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan.

Oʻz navbatida, fuqarolardan karantin davri tugashi bilan toʻplanib qolgan qarzdorlikni bartaraf etish soʻralgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala