O‘zbekistonda maxsus karantin obyektlari quriladi

© Sputnik / Aleksey Danichev / Mediabankka o‘tishOtdelenie dlya lyudey s podozreniyem na koronavirus v Botkinskoy bolnitse
Otdelenie dlya lyudey s podozreniyem na koronavirus v Botkinskoy bolnitse - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qoraqalpog‘istonda 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi.

TOShKENT, 24 mar — Sputnik. O‘zbekistonda maxsus karantin obyektlari quriladi. Bu “Koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Hukumat qarorida ko‘zda tutilgan.

Qarorga muvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 ta, viloyatlar va Toshkent shahrida 3 tadan 14 kunlik karantin tadbirlari uchun moslashtirilgan bazalar tashkil etiladi.

Sotrudniki GUVD osushestvlyayut proverku dokumentov - Sputnik O‘zbekiston
Karantin tartibi: kimlarga Toshkentga kirish va chiqishga ruxsat beriladi?

Karantinda saqlanayotgan shaxslarni bir-biridan ajratgan holda ular o‘rtasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining maksimal oldini olish imkonini beruvchi maxsus karantin obyektlari quriladi.

Shuningdek, koronavirus yuqtirgan yoki uni yuqtirganlikda gumon qilinib karantinga joylashtirilgan shaxslarga tegishli mobil telefon, audio va video vositalar, bank kartalari va boshqa axborot tashuvchi buyumlar vaqtincha olib qo‘yiladi.

Eslatib o‘tamiz, hozirda chet mamlakatlarda bo‘lib turgan fuqarolar maxsus charter reyslar orqali O‘zbekistonga olib kelinib, 14 kunlik karantinda saqlanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0