Dunyoda

BMT koronavirus tufayli barcha sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirdi

© Sputnik / Sergey Guneyev / Fotobankka oʻtishFlag u Shtab-kvartirы OON v Nyu-Yorke
Flag u Shtab-kvartirы OON v Nyu-Yorke - Sputnik Oʻzbekiston
BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh G20 davlat yetakchilariga maktub yoʻlladi. Unda Guterresh barcha sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik.  BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh G20 davlat yetakchilariga maktub yoʻlladi.

Shtab-kvartira Organizatsii obʼyedinennыx natsiy. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Iroq AQSH ustidan BMTga shikoyat qildi

Maktubda bosh kotib koronavirus tarqalishi fonida oziq-ovqat, tibbiy yordam va birinchi navbatda zarur boʻlgan tovarlarni yetkazilishiga toʻsqinlik qilayotgan barcha sanktsiyalarni bekor qilishga chaqirdi.

Bundan tashqari, BMT bosh kotibi epidemiyaga qarshi kurash uchun zarur boʻladigan tovarlar, tibbiy asbob-uskunalar, dori-darmonlarni yetkazib berilishi taʼsir qiluvchi transchegaraviy savdo cheklovlarini olib tashlash zarurligini taʼkidladi.

“Bu izolyatsiya emas, birdamlik vaqti. <...> COVID-19 oldin boʻlmagan, gumanitar inqiroz davrida “harbiy vaqt” rejasi - javobini talab qiladi. G20 rahbariyati koronavirusning turli tahdidlarini bartaraf etish uchun javob choralar toʻplamini qabul qilish imkoniyatiga ega. Bu dunyo xalqlari, ayniqsa juda zaiflari bilan birdamlikni namoyish etgan boʻlardi”, - deb yozilgan BMT bosh kotibi xatida.

Bundan tashqari, Guterresh koronavirus taʼsiriga qarshi kurash boʻyicha BSST shafelida mexanizm yaratish zarur deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, bu global javobni kuchaytiradi va virus toʻxtatish uchun koʻproq imkoniyatlarni beradi.

26 mart kuni G20 davlat yetakchilari onlayn-sammiti oʻtkaziladi. COVID-19 pandemiyasi sammit mavzusi boʻladi. Unda Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirok etadi.

BSST 11 mart kuni COVID-19 yangi turdagi koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab 370 mingdan ortiq kishi bu virusga chalindi, 16 mingdan ortiq kishi vafot qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala