COVID-19 bilan kasallangan to‘rt nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Mediabankka o‘tishPatsiyent v gorodskoy klinicheskoy bolnitse
Patsiyent v gorodskoy klinicheskoy bolnitse  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallangan 4 nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. 13 nafarida o‘pka yallig‘lanishi, pnevmoniya alomatlari kuzatilmoqda.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik. O‘zbekistonda COVID-19 bilan kasallangan to‘rt nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Bu haqda Vazirlar mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

Nurmat Otabekovning so‘zlariga ko‘ra, 55 nafar bemorlardan 13 nafarida o‘pka yallig‘lanishi, pnevmoniya alomatlari kuzatilmoqda.

“To‘rt nafar bemorning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda. Ular tegishli intevsiv-terapiya muolajalarini olmoqda”, - dedi u.

Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘ining qo‘shimcha qilishicha, hozirda 20 mingdan ortiq aholi qat’iy karantin ostida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sanitariya-epidimiologik osoyishtalik agentligi direktori Bahrom Almatov koronavirus aniqlangan besh bemorda kasallik belgilari yo‘qolgani va ularga tez orada javob berilishini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0