O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni oshdi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishObsledovanie na koronavirus
Obsledovanie na koronavirus - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda.

TOShKENT, 25 mar — Sputnik.  Ayni paytgacha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 56 nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar qildi.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
SSV: Koronavirus aniqlanganlar orasida mamlakatning turli hududidan bo‘lgan fuqarolar bor

Ushbu infeksiya xorijda bo‘lib qaytgan bemor bilan muloqotda bo‘lgan bir nafar fuqaroda aniqlangan.

Bundan avval, Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahridagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlar orasida poytaxtdan tashqari, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlaridan bo‘lgan fuqarolari borligini ma’lum qilgan.

Shuningdek, bemorlarning 2 nafari Farg‘ona viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Ulardan biri Saudiya Arabistonida Umra safarida bo‘lib qaytgach, unda koronavirus infeksiyasi aniqlangan.

Vazirlik ta’kidlashicha, barcha bemorlar Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiyalariga ko‘ra, belgilangan standartlar asosida davolanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0