Dunyoda

Shahzoda Charlz koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi

© PAN Photo / Fotobankka oʻtishVizit printsa Charlza v Armeniyu
Vizit printsa Charlza v Armeniyu - Sputnik Oʻzbekiston
Buyuk Britaniya shahzodasi Charlz koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi va rafiqasi bilan birga oʻzini izolyatsiya qilgan.

TOSHKENT, 25 mar — Sputnik.  Britaniya taxtining birinchi daʼvogari shahzoda Charlz koronavirus infektsiyasini yuqtirib oldi va rafiqasi bilan birga oʻzini izolyatsiya qilishga olindi. Bu haqda Klarens-haus kantselyariyasi maʼlum qildi.

Chilining Santyagu shahrida puma yovvoyi mushugi oziqa izlab keldi. 24.03.20
 - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Hayvonlar hukmronligi: och yirtqichlar boʻshab qolgan shaharlarda – foto

Uels shahzodasi koronavirusga tahlil topshirdi, va unda infektsiya borligi aniqlandi. Shahzodada infektsiyasining yengil simptomlari qayd etilgan, u oʻzini yaxshi his qilayotgani qayd etilgan.

Charlzning rafiqasi Kamilla, gertsoginya Kornuolskaya ham tahlil topshirdi, unda virus aniqlanmadi. Shifokorlar tavsiyalariga koʻra, shahzoda va uning rafiqasi Shotlandiyadagi qasrida oʻzini izolyatsiya qilgan.

Shahzoda Charlz koronavirusni qayerda yuqtirganini aniqlash imkonsiz, chunki u soʻnggi hafta davomida koʻplab ommaviy tadbirlarda ishtirok etgan.

Shahzoda Charlz oxirgi marta Londonda oʻtkazilgan xayriya tadbirida ishtirok etgan. Daily Mail nashri Charlz Monako knyazi Alberdan virus yuqtirib olganini taxmin qilmoqda.

Bukingem saroyi oʻz navbatida qirolicha Yelizaveta II sogʻlomligi va xavfsizlik choralarga rioya qilayotganini maʼlum qildi.

BSST 11 mart kuni COVID-19 yangi turdagi koronavirusi tarqalishini pandemiya, deb eʼlon qilgandi. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, dunyo boʻylab 370 mingdan ortiq kishi bu virusga chalindi, 16 mingdan ortiq kishi vafot qildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala