The National Interest Rossiyaning T-95 tankini NATO uchun chinakam dahshat, deb atadi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tish"Tankoviy biatlon-2019". Individualnaya gonka
Tankoviy biatlon-2019. Individualnaya gonka - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Har qanday tankchining orzusi va NATO uchun jiddiy xavf - The National Interest Rossiyaning T-95 tankiga xuddi shunday ta’rif bermoqda

TOShKENT, 25 mar - Sputnik. Rossiyaning to‘rtinchi avlodga mansub asosiy jangovar T-95 tanki Shimoliy Atlantika Alyansi (NATO) mamlakatlari uchun haqiqiy dahshatga aylanishi mumkin, deb yozadi amerikaning The National Interest nashri.

Ispitanie novoy ballisticheskoy raketi «Sarmat” - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy OAVlari Rossiyaning yangi qurolini "AQSh va NATOning dahshatli tushi" deya aytishdi

Maqolada qayd etilishicha, T-95 tankini ishlab chiqarish Rossiya tomonidan to‘xtatilgan, ammo ushbu texnika kelajagi porloq bo‘lishi mumkin edi.

Muallif rus T-95ga tankchining orzusi deya, ta’rif beradi. Texnikaning afzal jihatlari orasida yuqori harakatchanlik, uning yaxshi zirhlangani va o‘t ochish qudratiga alohida urg‘u berilgan.

The National Interest, shuningdek, tank 152 mm diametrli asosiy pushkaga ega ekanligiga aniqlik kiritib o‘tgan.

The National Interest materialida T-95 har qanday dushman tanklaridan, jumladan, amerikaning M1 Abrams, nemislarning Leopard 2, yaponlarning Type 90 va Janubiy Koreyaning K1A1 tankidan ham ustun bo‘lishi mumkinligi ta’kidlangan.

Baland minorasi va korpusi tufayli, T-95, "nishonga olishning yaxshi burchaklarini" tanlay olishi mumkinligi qayd etilgan.

"Nishonlar ko‘z ilg‘amaydigan masofada joylashgan yoki shahar ichida urush paytida binolarning tomlari yoki yuqori qavatlarida joylashgan dushmanlarga qarata o‘q otish kerak bo‘lsa, bu xususiyatlar, ayniqsa foydalidir", - deyiladi maqolada.

Jurnalist T-95 ehtimol "reaktiv zirh" va faol mudofaa tizimi bilan jihozlangan bo‘lishi mumkin, deya taxmin qilgan.

The National Interest nashrida yozilishicha, T-95 ommaviy ishlab chiqarishga qo‘yilganida, u dahshatli dushmanga aylangan bo‘lardi.

Yangiliklar lentasi
0